Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar
USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR
Download 64.81 Kb.
|
30-hafta
USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR
Odam savdosi – davr muammosi 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida koʻrsatilganidek, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambagʻallikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish oʻrinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va taʼlim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Soʻnggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. Jahonda globallashuv jarayonlarining tezlashishi, noqonuniy migratsiya jarayonlarining kuchayishi, davlatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tafovut, ishsizlik va qashshoqlikning oʻsishi, “ommaviy madaniyat” taʼsirining ortishi, transmilliy jinoiy tashkilotlarning faollashuvi natijasida odam savdosining koʻlami kengayib, insoniyat taraqqiyoti va xavfsizligiga tahdid solayotganligi bois, unga qarshi kurashning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish obyektiv zaruriyatga aylandi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashning oʻziga xos milliy tizimi yaratildi. Jumladan, milliy qonunchilik normalari takomillashtirilib, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalar, odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi, ichki ishlar organlari tarkibida odam savdosiga qarshi kurashish va uning profilaktikasiga oid tuzilmalar tashkil etildi. Buning natijasida mamlakatimizda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning keskin kamayishiga erishildi. Odam savdosi – inson, uning shaʼni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik koʻrinishlaridan biri boʻlib, oʻzining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uygʻotmoqda. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000-yil 15-noyabrdagi 55/25-sonli rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʻgʻrisida”gi konvensiyada (mazkur xalqaro hujjat Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 2001-yil 28-iyunda ratifikatsiya qilingan) esa odam savdosi tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: “Odam savdosi – odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, tashish, yashirish yoki odamlarni qoʻrqitish asosida kuch bilan boshqa vositalarni qoʻllash orqali yoki boshqa majburlov vositalari, oʻgʻirlik, tovlamachilik, aldov, hokimiyatni suiisteʼmol qilish, yoxud mansab mavqeyidan foydalanib, sotib olish yoʻli bilan qoʻlga kiritishni anglatadi”. Download 64.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling