Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Download 64.81 Kb.
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi64.81 Kb.
#1405889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
30-hafta

Odamlar savdosi bu alohida shaxsni (yoki guruhni) yollash, ularni bir davlat chegarasi doirasida yoki chegarasidan tashqariga olib ketish bilan bogʻliq boʻlgan barcha harakat yoki maqsadlar boʻlib, u oʻz ichiga sotish, sotib olish, topshirish, bunday harakatlarni foyda koʻrish yoki shunchaki bunday shaxsni keyinchalik aldab yoki majburlab shuningdek, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan ishlatish maqsadida ushlab turishni, shuningdek, shaxsni xohishiga qarshi holda qulchilik sharoitida haq toʻlash yoki toʻlamasligidan qatʼi nazar ushlab turishni ham oʻz ichiga oladi.
Odam savdosi tushunchasi, uning belgilari va ijtimoiy xavfliligi
Bizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida, “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deyilgan. Ularning huquq va erkinliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab berilgan.
Odam savdosi-inson, uning shaʼni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik koʻrinishlaridan biri boʻlib, oʻzining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uygʻotmoqda.
Taʼkidlash joizki, odam savdosi – bugungi kunda eng katta global muammolardan biridir. Oʼtgan asrdan yigirma birinchi asrga transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi “meros” boʻlib oʻtdi, ular terrorizm va din niqobi ostidagi kuch ishlatish, yaʼni, estremistik, fundamentalisti, separatistik xurujlar turadi. Keyingisi esa narkobiznes va eng soʻnggisi odam savdosi, traffik bilan shugʻullanuvchi yirik-yirik jinoyatchi tashkilotlardir.
Odam savdosi keng tarqalgan jinoyat boʻlib, dunyoning koʼplab hududlarida sodir etiladi. Sababi ushbu jinoyat tufayli dunyoda daromadi yuzasidan uchinchi oʻrinni egallaydigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Bu orqali inson deb atalmish mavjudotning erkinligi cheklanadi, shaʼni qadr-qimmati toptaladi. Shu tufayli odam savdosi jinoyatini aniqlash, ushbu jinoyatni sodir etganlarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali jazoning muqarrarligini koʻrsatish, uni oldini olish, oqibatlarini imkon qadar kamaytirish, odam savdosidan jabrlanganlarga nisbatan profilaktik choralarni koʻrish zarur hisoblanadi.
Odam savdosi jinoiy faoliyatning oʻta xavfli va shaxsni tahqirlovchi turidir. Tahqirlanish shunda namoyon boʻladiki, mazkur jinoyat qullikka oʻxshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, “tovar” sifatida sotish, inson omilidan foydalanish yoʻli bilan daromad orttirish bilan bogʻliqligi sababli tahqirlovchi mazmun kasb etadi. Bunday faoliyatning ingliz tilidagi nomi dunyoning koʻp tillariga oʻzgarishsiz oʻtib kelgan. Xususan, xalqaro jinoyat huquqida jinoiy faoliyatning bu turiga nisbatan “traffik” atamasi ishlatiladi. Aslida, “Traffik” lotin tilidagi “traffiso” soʻzidan olingan boʻlib, dastlab uni italiyaliklar muomalaga kiritgan. “Traffiko” – italyancha “tijorat”, “savdo” maʼnosida ishlatilgan. Dastlab bu atama “tabak traffik” shaklida qoʻllanilib, tamaki savdosi, tamaki bilan tijorat qilish maʼnosida ishlatilgan. Keyinchalik italiyaliklar uni qisqacha “traffik” deb atashgan. Darhaqiqat, shu soʻz oʻzagi asosida traffikant, yaʼni savdo qiladigan doʻkon egasi, doʻkondor soʻzi kelib chiqqan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-154-son Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi hamda 2020-yil 17-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-633-sonli Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonun 7 ta va 35 ta moddadan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi avvalgi tahririda faqat ekspluatatsiya qilish maqsadida aldash yoʻli bilan odam yollash uchun javobgarlik nazarda tutilib, unda xalqaro huquqiy hujjatlarda zikr qilingan odamlar savdosi bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy qilmishlar kompleksi qamrab olinmagan edi. Bu hol amalda fuqarolar erkinligi, shaʼni va qadr-qimmatini toʻliq muhofaza qilinishini taʼminlay olmas edi. Bundan tashqari, fohishalarni ekspluatatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan odam savdosi toʻgʻrisidagi BMTning 1949-yilgi konvensiyasidan farqli ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi JK 135-moddasi yangi tahririda odamlarni har qanday maqsadda ekspluatatsiya qilganlik uchun aniq javobgarlik nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan odam savdosi jinoyati – insonlarning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan biridir. Odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish – oʻgʻirlash, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash orqali, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalanib, jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtish yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turish, qalbaki hujjatlardan foydalanish, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborish, kishi aʼzolarini kesib olish, boshqa kishiga koʻchirish (transplantatsiya) kabi harakatlarini qamrab oluvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Odam savdosi xalqaro hamjamiyat tomonidan inson, oila va jamiyat farovonligiga xavf tugʻdiruvchi akt sifatida baholanadi.
Jinoyatchilik kishilik jamiyatining barcha bosqichiga tegishli. Hozirgi kunda jinoyatchilikning yangi turlari kishilik faoliyatining oʻzgarishi tufayli paydo boʻldi, lekin jinoyatchilik sabablari oʻzgarmay qoldi. Bular hissiyot va gʻaraz niyat, hayotdagi qiyinchiliklar va ruhiy oʻzgarishlar yoki buzilishlardir.
Darhaqiqat, odam savdosi hamda odamlarni ekspluatatsiya qilish uchun jalb qilish jinoyatlarining yuzaga kelishi va kuchayib borishiga bir necha omillar sabab boʻldi.
Birinchidan, chet elga turli maqsadlar uchun borishni xohlovchilar soni sezilarli darajada ortdi. Migratsiyaning oʻsishi, shubhasiz, Yer shari aholisi sonining ortishi bilan belgilanadi. Agar hozir Yer yuzi aholisi 8 mlrd (taxminan) kishi tashkil etsa, oʻttiz yildan soʻng bu miqdor taxminan 9 mlrd. kishini tashkil etadi. Turli mamlakatlar daromadlaridagi oʻsib boruvchi tafovutlar ham muayyan darajada ahamiyat kasb etadi. Aholisi eng koʻp darajada koʻpayib borayotgan baʼzi mamlakatlar ayni bir vaqtda chet ellarga fuqarolari eng koʻp chiqayotgan mamlakatlar hisoblanadi. Odamlarning doimiy yashash joylarini tark etishga majbur qiluvchi sabablardan biri yaxshi hayot kechirish istagi hatto shunchaki serdaromad ish izlashdir. Ayrim fuqarolarimizning Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketishlariga asosiy sabablardan biridir.
Ikkinchidan, jahon bozoriga kapitalning erkin ravishda va koʻp miqdorda kelib tushishi bilan bogʻliq holda, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sodir boʻlmoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotda transmilliy jinoiy tashkilotlar salmogʻining ortib borgani sari mahalliy va davlat nazorati taʼsiridan chiqib ketayotgan iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy munosabatlar globallashuv jarayonining salbiy oqibatiga aylanaveradi.
Odam savdosi va odamlarni ekspluatatsiya qilish uchun jalb qilishga ijtimoiy-demografik omillar ham alohida oʻrin egallaydi. Aholining ayrim tabaqalari ish bilan taʼminlanmaganligi, ular oʻzlari xohlagan sohalarga jalb qilinmaganligi esa odamlarni, ayniqsa erkaklarni ushbu turdagi jinoyat jabrlanuvchilariga aylanishlariga sabab boʻlmoqda. Keyingi yillarda ushbu turdagi jinoyatchilik ortib borishi uning haqiqatda oʻta xavfliligidan dalolat beradi.
Ayollar va erkaklarning oʻzaro jinsiy notengligi odam savdosi va odam yollashni amalga oshirilishiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻziga xos omil hisoblanadi. Ayollarning ijtimoiy diskriminatsiyasi (lotincha — discriminatio tafovut soʻzidan olingan) jamiyat hayotining barcha sohalarida, binobarin mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, oilaviy-turmush sohalarida ularning jins (yoki gender) belgisi boʻyicha huquqlardan mahrum qilinishini yoki huquqlari cheklanishini anglatadi. Ijtimoiy diskriminatsiya ayollar ijtimoiy maqomining pasayishiga olib keladi va ayollar shaxsi ustidan zoʻrlik ular xavfsizligiga nisbatan tahdid shakllaridan biri hisoblanadi.
Sotsiologik tahlil nuqtayi nazaridan qaraladigan boʻlsa, ayollar ijtimoiy diskriminatsiyasi asosida ularning erkaklar bilan ijtimoiy notengligi yotadi. Bunday notenglikni amerikalik sotsiolog N.Smelzer “insonlarning pul, hokimiyat, obroʻ kabi ijtimoiy neʼmatlarga boʻlgan noteng imkoniyatlarni belgilovchi sharoitlardir”deb izohlaydi.

Download 64.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling