Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


Download 0.59 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1015596
Bog'liq
Boltaboyeva Nozima o\'zbek tilshunosligi tarixi

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

JURNALISTIKA FAKULTETI O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

“O’ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXI” FANIDAN MUSTAQIL ISH

Mavzu: Mustaqillik davrida o’zbek tilshunosligidagi yangi yo’nalishlar.

Bajardi: BOLTABOYEVA NOZIMA VA AHMADJANOVA SHAHLO

Mavzu:Mustaqillik davrida o’zbek tilshunosligidagi yangi yo’nalishlar.

Reja:

  • Mustaqillik davrida o’zbek tilshunosligi.
  • Yangi yo’nalishlar turlari.
  • Yo’nalishlarning mazmun mohiyati.

Mustaqillik davri

Mustaqillik ma’naviy hayotimizda tub burilish davrini boshladi. Ongimizda asrlar davomida singib qolgan mutelik psixologiyasi o’rniga erkinlik, ijodkorlik, fidokorlik psixologiyasi paydo bo’ldi. Milliy qadriyatlarimizni, ma’naviy an’analarimizni tiklash harakati boshlandi.

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq tilning barcha satx birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi.

  • O’zbek tilshunosligi tarixi Mahmud Koshg’ariy va Zamaxshariylarning izlanishlaridan boshlanib, uzoq, tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 15-asrdan 20-asr 20- yillarigacha o’zbek tilini o’rganishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor berildi, ko’plab ikki tilli ( o’zbekchaforscha, o’zbekchaturkcha, o’zbekcharuscha, va aksincha tartibda) lug’atlar tuzildi – tilshunoslikning leksikologiya va leksikofafiya bo’limlari rivojlandi.

O’zbek tili morfologiyasiga sistemaviylik tamoyillari dalil olib kirildi.


Grammatik kategoriyalrning til tizimidagi o’rni
Kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganila boshlandi.
Grammatik shaklning o’ziga xos ifodalanish yo’llari
Grammatik shakl va grammatik kategoriyalar o’rtasidagi munosabat.

O’bek tili sintaksisini sistemaviy o’rganishga jiddiy e’tibor berildi. O’zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi ikki yo’nalishda olib boriladi:


Formalsemantik

Formal -funksional

Birinchi yo’nalish

Birinchi yo’nalish bo’yicha N. Maxmudov va A. Nurmonovlarning “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi”, ( T., “Fan”, 1992), “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksisi “ ( T., 1995), S. Muhammadqulovning “O’zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” ( T., 1998 ) kabi asarlari, M. Hakimovning matn pragmatikasi til kuniga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasi kabilar kiradi.

Ikkinchi yo’nalish

Ikkinchi yo’nalish bo’yicha R. Sayfullayevaning qo’shma gaplarning formal- funksional talqiniga doir qator tadqiqotlari, M. Qurbanovaning “ O’zbek tilida formal- funksional yo’nalish va sodda gap qurilishining talqini” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga keldi. Bu tadqiqotlar o’zbek tilshunosligini yangi pog’onaga olib chiqdi.


O’zbek tilshunosligidagi yangi yo’nalishlar
Psixolingvistik yo’nalish
Lingvokognitiv yo’nalish

Lingvokognitiv yo’nalish.

Til va ong o’rtasidagi munosabatlar muammolarini, dunyoni kontseptuallashtirish va turkumlashtirishda tilning rolini, kognitiv jarayonlarda va inson tajribasini umumlashtirishda, insonning individual kognitiv qobilyatlari bilan bog’liqligini va til va ularning o’zaro ta’siri shakllarini o’rganadigan tilshunoslik yo’nalishidir.

Psixolingvistik yo’nalish

  • Nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan o’zaro bog’lanishi holatida o’rganuvchi yo’nalishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Abdulhamid Nurmonov O’zbek tilshunosligi tarixi
  • A. Primov, X. Qodirova Tilshunoslikning dolzarb muammolari Urganch 2019
  • uz.m.wikipediya.org
  • www.ziyouz.com

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling