Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix (sirtqi)fakulteti 4 -bosqich talabasi Siroj Xolliyevning


Ma’lumki, o‘tgan asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi 90-yillarga borib, asosan, tugallandi


Download 2.8 Mb.
bet2/7
Sana22.09.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1684776
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xs-2

Ma’lumki, o‘tgan asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi 90-yillarga borib, asosan, tugallandi.
Bir necha yil ichida paydo bo‘lgan hodisa bo‘lmay, balki o‘zining qariyb yuz yillik rivojlanish tarixiga ega
1916 yilga kelib paxtaga ajratilgan ekin maydonlarining umumiy hajmi revolyutsiyagacha maksimal nuqtaga —748 ming gektarga yetib, eng yuqori, ya’ni 301 ming tonna paxta tolasi tayyorlandi.
Farg‘ona vodiysi revolyutsiyaga qadar ham O‘rta Osiyoda asosiy paxtachilik rayoni bo‘lgan. 65 foiz paxta maydoni vodiyda edi. Bu yerda monokultura o‘sha yillardayoq ildiz ota boshlagandi. Chunki sug‘oriladigan yerlarning 75 dan 100 foizigacha paxta ekilar edi.

1920—30 yillarda «paxta mustaqilligi uchun kurash», «paxta uchun kurash — sotsializm uchun kurash» shiorlari ostida yangi yerlar o‘zlashtirish hamda g‘alla va boshqa ekinlarni qisqartirish hisobiga paxta ekiladigan maydonlar jadal sur’atlar bilan kengaytirildi.
1914—1929 yillar orasida O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida paxta ekin maydoni 41,5 protsentga oshgan bo‘lsa, Turkmanistonda 38, Tojikistonda 28 martaga ko‘paydi.
Paxta ekiladigan maydonlarning keskin o‘suvi hisobiga o‘lkada don taxchilligi vujudga keldi. Agar 1927—1928 yillarda O‘rta Osiyoga tashqaridan 560 ming tonna don mahsulotlari keltirilgan bo‘lsa, bu qo‘rsatkich besh yildan keyin 820 ming tonnaga yetdi.
Paxta yakkahokimligi (monokultura) boshlanishi yillaridagi o’zgarishlar
50-yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish uchun umumittifoq hashari boshlandi. Jizzax va Sirdaryo muzofotlarida, keyinchalik Qarshi va Surxon-Sherobod, Buxoro va Quyi Amudaryoda yangi-yangi paxta maydonlari ochildi. Bu esa 60-yillarning boshidayoq Amudaryo va Sirdaryo hamda Orol dengizida suvning keskin kamayishiga olib keldi. Shunday bo‘lsa-da, hozir respublika agrosanoati kompleksida paxtachilikning hissasi 70 foizni tashkil ztadi. Respublikadagi barcha ekin maydonlarining deyarli yarmiga, ya’ni 2 million gektardan ortig‘iga paxta ekilmoqda.

Mustabid sovet tuzumining dastlabki kunlaridan boshlaboq qishloqni sotsialistik xujalikka aylantirish uchun ―kommunizmga sakrab o`tish, ―kommunizmga jadal yurish, ―kommunistik jamiyat qurilishini jadallashtirish‖ kabi shiorlarni amalgam oshirdilar.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling