Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix (sirtqi)fakulteti 4 -bosqich talabasi Siroj Xolliyevning


Respublikadagi barcha ekin maydonlarining deyarli yarmiga, ya’ni 2 million gektardan ortig‘iga paxta


Download 2.8 Mb.
bet6/7
Sana22.09.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1684776
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xs-2

Respublikadagi barcha ekin maydonlarining deyarli yarmiga, ya’ni 2 million gektardan ortig‘iga paxta
X.Yunusovaning ilmiy tadqiqot ishida ta’kidlanishicha, SSSR FA olimlari o‘tkazgan hisob - kitoblarga ko‘ra, qo‘shib yozishlar butun mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning 3 foiziga teng bo‘lgan. Xomashyo yetkazish sohalarida esa, qo‘shib yozishlar 5 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan.
Biroq, mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy hayotidagi barcha salbiy illatlarning tub mohiyati tahlil etilmagan va ochib berilmagan.
Mamlakat iqtisodiyotidagi holatlar boshqa ittifoqdosh respublikalarda ham ko‘zga tashlanadi.
1977- yilda Belorussiya SSRda qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilganligi uchun 1075 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan
Tojikiston SSRning Leninobod viloyatidagi qurilish tashkilotlarida 1983 - 1984 yillarda 700 ming rubllik qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan
Ozarbayjon SSRda esa 1983- yilning o‘zida 667 sanoat korxonasi va qurilish tashkilotlarida qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgan. Moldaviyada esa qo‘shib yozishlar nihoyatda avj olgan bo‘lsa-da, kishilar tobora ko‘proq mansab kursilarini egallab borganlar.
SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim
ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi
tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida
O‘zbekistonga yuborilgan edi.
Ana shunday maxsus tergov guruhlarining
asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi.
1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va
RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbeki-stonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik la-vozimlariga ishga yuborilgan edi.
1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazildi. Ularning oila a’zolari va qarindosh-urug‘lari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling