Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix (sirtqi)fakulteti 4 -bosqich talabasi Siroj Xolliyevning
Download 2.8 Mb.
|
xs-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosati.
O’zbekistonda paxta ishi
XX asrning so‘nggi o‘n yilliklariga kelib mamlakat ichki hayotini qamrab olgan jiddiy iqtisodiy nuqsonlar qishloq xo‘jaligini o‘z domiga torta boshladi. O‘zbekiston SSR ham mamlakatning asosan xomashyo yetishtirib beradigan mintaqasi 674 hisoblangani sababli, respublika qishloq xo‘jaligi rivoji boshqa ittifoqdosh respublikalarga nisbatan ancha og‘ir, ziddiyatli jarayonlar ta’sirida qoldi. O‘ta markazlashtirilgan boshqaruv, “umumxalq manfaatlarini” ro‘kach qilib olib borilgan siyosat O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligini, shu sohada band bo‘lgan aholining ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini ham nihoyatda og‘irlashtirib yubordi. O‘rta Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining “Paxta” xomashyo kompleksi atrofida rivojlantirishi bu yillarda o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlagan edi. Yillar davomida partiyaning paxta hosildorligini oshirish uchun ketma – ket berib kelgan besh yillik rejalari yerlarning chala o‘zlashtirib, belgilangan vaqtda “topshirishga”, yerning meliorativ holatini buzilishiga, ketma - ket bir xil ekinlar ekib, katta miqdordagi sarf - harajat qilinishiga sabab bo‘la boshladi. Biroq, bu sarf – harajatlar o‘zini oqlamas, markaz esa besh yillik paxta planini bajarishni qat’iy turib talab qilar edi. Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosati. O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo‘lgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol o‘ynadi. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O‘zbekistonda o‘zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko‘rsatmalari izchillik bilan bajaralishini talab qilishgan. Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning o‘sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi 13,2 Ming gektar 600 Ming gektar 748 Ming gektar 2 mln gektar 1950-yil Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling