Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati.
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, paxta ishi-ga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi.
Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi.
Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning par-tiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashi-dovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.
Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi ham-da jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi.
Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.
Do'stlaringiz bilan baham: |