Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Download 329 Kb.
bet3/7
Sana11.10.2023
Hajmi329 Kb.
#1698556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aziza 4

Litiyni tasdiqlangan zaxiralari Toshkent viloyatidagi Shovasoyni ko‘mirli tuf alevrolitlaridagi vulkanogen koni hisoblanadi va u 120 ming tonna litiy ikki oksidini tashkil etadi. Birga uchrovchi kommponentlari -3.2 ming tona seziy oksidi va 8,9 ming tonna rubiydiy oksididan iborat. Ma’danni kar’er uslubida qazib olsa bo‘ladi. Ma’danlarni qayta ishlashlarda yuqori samara beruvchi texnologiya ishlab chiqilgan: bunda 78% litiy tuzlari ajratib olinadi hamda bir yo‘la sement ishlab chiqrishda boyitish chiqindilaridan foydalanib kaliy hamda natriyni sulfatlari ishlab chiqiladi. Bu ob’ektni ochilishi ham mustaqillik yillariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda temirni bir nacha o‘nlab ma’dan namoyonlari va konlari namoyon etilgan. Eng yiriklari - Tebinbuloq titan-magnetit koni hisoblanib, uni resurslari 3,5 mlrd.t ma’danni tashkil etadi (Qoraqalpoqiston Respublikasi); zaxiralari 105 mln. t. bo‘lgan gematit-magnetitli va magnetitli ma’danlarni Temirkon koni (Jizzax viloyati) va mustaqillik yillarida namoyon etilgan Surenota skarn-magnetit turdagi koni sanaladi, uni zaxiralari 25,3 mln.tonna temirni (Toshkent viloyati) tashkil etadi. Hozirgi paytda Tebinbuloq konida jadal sur’atlarda izlash –baholash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib hisoblangan mualliflik zaxiralari 18,7% tarkib bilan, 500 mln. tonnadan ortiqni tashkil etadi.
Geologik-qidiruv ishlari Tebinbuloq konini Sharqiy va G‘arbiy qismlarida olib borilmoqda. Kelgusida Davgeolqo‘m tashkilotlari tomonidan Qorjontov tog‘laridagi Mingbuloq maydonlarida va Qoratepa tog‘larini Oqsoy maydonlarida geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
Mamlakat xududlarida marganes ma’danli namoyonlar ochilgan. Ulardan eng yaxshi o‘rganilganlari Dovtosh, Taxtaqoracha, Qizilbayroq qatlamlashgan konlardir. Zarafshon va Xisor tizmalari cho‘ziqliklarini makranes tarkibliligini tugal qo‘shimcha o‘rganish vazifalari oldinda turibdi. Qizilqumda 1991 yildan keyin O‘zbekiston uchun yangi tur hisoblangan – nurash po‘stidagi konlar namoyon etildi (Alisoy, Aqsoy va boshq.).

Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling