Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Download 329 Kb.
bet5/7
Sana11.10.2023
Hajmi329 Kb.
#1698556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aziza 4

Tosh tuzining resurslari 9 mlrd.t miqdorlarda baholangan va Janubiy O‘zbekistonda Xo‘jaikon (1994 y.), Tyubegatan (2007 y.), Boybichakon konlari hamda, Qoraqalpoq Respublikasida - Borsakelmas (1994 y.), Oqqala konlari bilan taqdim etilgan. Borsakelmas tuz koni va Jamansoy oxaktoshlar konlari negizida Qo‘ng‘irod soda zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Zavodni quvvati yiliga 270 ming t. kalsiiylashgan va 100 ming.t kaustik soda ishlab chiqarish. Mustaqillik yillarida ham boshqa bir qator - Tuzquduq (1994), Kamizbuloq (1998), Lavlyakon (2002) konlari ochildi.
Kvars-dala shpatli qumlarni Karmana konidagi zaxiralari (zaxiralari - 45 mln.t, resurslari - 35 mln.t) butun Markaziy Osiyo regionini yuqori navli chinni, shisha va sopol ishlab chiqarishga bo‘lgan extiyojlarini ta’minlaydi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan tuproqlarning maxsuldorliklarini oshirish maqsadlarida foydalaniladigan bentonitlar, bentonit-tarkibli glinalar va glaukonitlar yaxshi o‘rganilgan. Ushbu turdagi xom-ashyolarning resurslari Arabdasht, Xaudog, Azkamar va boshqa konlarda axamiyatga molik darajalarda to‘plangan.
Qurilish materiallarining resurslari O‘zbekistonda juda ko‘p. Mamalakatda 600 dan ortiq g‘isht, sement, keramzit xom-ashyosi, arralanuvchi toshlar, gips, oxaktosh, qurilish va qoplama toshlar konlari qidirib chamalangan. Ulardan turli navlardagi sement ishlab-chiqarishlarda, betonni yengil va og‘ir to‘ldiruvchilari sifatida, issiqlik izolyatsiyalovchi, to‘qimalar, ustki qismlarini yopish materiallari, shuningdek sopol, shisha, asbest-sementli quvurlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Mamlakatimizda va xorijda o‘zbek dekorativ qoplama toshlari –marmarlar, granitlar, gabbro va boshqalar katta shuxrat qozongan.
Qurilish materiallari va boshqa nometal turdagi foydali qazilmalariga geologik-qidiruv ishlari Vazirlar Maxkamasini, Iqtisod Vazirligini va boshqa qiziqishlari mavjud Vazirliklar va tarmoqlarni direktiv ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda, O‘zbekiston Respublikasi regionlarida mineral xom-ashyo bazasini o‘zlashtirish va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga xos investitsion loyixalarga mos keluvchi sarflanishlarda amalga oshiriladi.
Qurilish industriyasini umumiy rivojlanishlari, sanoat tomonidan xom-ashyoga ekologik va texnologik talablarni ortib borishi, energiya saqlovchi materiallarni va qurilishni innavatsion usullarini xar joyda qo‘llanishlari mineral xom-ashyoni o‘rganishga - yangi materiallar va texnologiya yaratish uchun baza sifatida yondashishni talab etadi.

Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling