Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti
Download 131.5 Kb.
|
XMTE Mustaqil ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Rahbarni ozini ozi boshqarishi. 1.Boshqaruv mehnati: tariflari, xususiyatlari, turlari Boshqaruv mehnati
O'ZBEKISTON RESOUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI KADRLAR MENEJMENTI YO'NALISHI 4-KURS TALABASI SULTANOV ZOKIRNING XODIMLAR MEHNATINI TASHKIL ETISH FANIDAGI “Boshqaruv mehnatini tashkil qilish” MAVZUSIDAN MUSTAQIL ISH Qabul qildi:_________________ Toshkent 2020 Reja:
Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi. Ma'muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig'ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo'ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo'lsa, yig'ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir. Ammo ma'muriy boshqaruv xo dimlari, ishchilardan farqli ravishda, o'zlari bevosita mehnat predmetiga ta'sir ko'rsatmaydilar, ya'ni o'zlarining qo'llari bilan (mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo'lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Demak, boshqaruv vazifalarini bajarilishi-ning sifati qanchalik yuqori bo'lsa, ishlab chiqarish ob'yekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari - binolar, inshoatlar, boshqaruv apparati xodimlari mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimini faoliyati yuritish uchun xarajatlar, malakali mutaxasislar va h.k. dan foydalaniladi. Ulardan foydalanishning samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalari ga ta' sir ko'rsatadi. Shunday qilib, boshqaruv mehnati - bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli tumanligidir, chunki u yig'ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir. Boshqaruv mehnati g'oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta' riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga boshqaruv operatsiyalarning doirasi muqarrar ravishda kengaymoqdalar, operatsiyalarning o'zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni ko'llash sohalaridagi o'zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik vositalaridan foydalanishni o'sishi munosabati bilan turlarini o'zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiya lari, tadbirlari mazmuniga kompyuter texnikasi inqilobiy o'zgarishlar kiritmoqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. Shunga qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quydagilardan iboratdir:
vazifani qo'yish; qo'lda va kompyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish; axborotlarni tahlil qilish; -axborotlarni guruhlarga ajratish (qo'lda yoki kompyuterdan foydalanish bilan); kompyutersiz eng oddiy hisoblashlar; kompyuterni qo'llash bilan hisob-kitoblar; qarorlarni tayyorlash; qarorlarni yakka holda qabul qilish; qarorlarni jamoaviy qabul qilish; hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k. Ma'muriy - boshqaruv xodimlarining yig'ma mahsulot predmetiga ta'sir ko'rsa tishi axborotlaridan foydalanish va uni ushbu ob'yekt holatini qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'nalishiga o'zgartirish uchun tegishli qarorlarni o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ma' muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy xususiyati predmetning axborotli xarakteri va ularning mehnati jarayoni (o'zining mazmuni va natijalari bo'yicha)ni mehnatning boshqa turlaridan tubdan farqlanishi bilan asoslangan mehnat mahsulotidan iborat bo'ladi. Boshqaruv mehnatning yakuniy mahsuloti - ob'yektga boshqaruv ta'sirlarining o'lchamlarini belgilab beruvchi qarorlardir. Umuman xizmatchilar mehnatlarining natijalari ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar va hujjatlarning soni bo'yicha emas, balki ularning tashkilot yoki uning bo'linmasining butun jamoasi faoliyatigi ta'siri bo'yicha baholanadi. Bundan xizmatchilar mehnatini tashkil qilish masala larini hal qilishga g'oyatda muhim o'ziga xos talab kelib chiqadi- tarkibiy va hujjatiy ortiqchaliklarni aniqlash va bartaraf qilish, boshqaruvning tashkiliy shakllarini ehtimol bo'lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish bilan takomillashtirish maqsadida har xil mehnat vazifalarini bajarish usullari va vositalarini oldindan tahlil qilish. Bu jihatdan boshqaruv sohasidagi mehnat ilmiy mehnatga yaqinroq, ko'proq uni eslatadi. Ammo agar ilm sohasida asosan ilmiy axborotlar bilan harakat qilinsa, boshqaruv mehnati o'zining orbitasiga hisob-statistik, ilmiy- texnik, bashoratli- tahliliy, rejaviy, operativ va iqtisodiy axborotlarning boshqa turlarini jalb qiladi. Boshqaruv mehnatining boshqa xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko'ra ma'muriy - boshqaruv xodimlariga, qoidaga ko'ra, ayniqsa qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko'proq darajada asabiy tuyg'uli harakatlarni sarflashga to'g'ri keladi. Boshqaruvda, mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjuddir. Bunday taqsimot boshqaruv ob'yektlarini farqlanishi sababli paydo bo'ladi. Boshqaruv ob'yekti sinflari, turlarini farqlanishi boshqaruvni iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan ob'yektning turiga ko'ra boshqaruvchilarni ixtisoslashishlari zarurligiga olib keladi. Boshqaruv faoliyatining turlari, boshqaruv mutaxassisliklari bo'yicha taqsimlash mavjud, masalan, tahlilchilar, rejachilar, hisobchilar, menejerlarga ajratiladi. Jamoaviy faoliyat - bu rahbarning ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, ijrochilar bilan ishlashidir. Aloqalarni borishi, xodimlar bilan muloqatda rahbar jamoadagi ijtimoiy-psixologik holatni aniqlaydi, xodimlarning fikrlari va arzlarini eshitadi, ularga tayyorlanayotgan va qabul qilingan qarorlar haqida xabar beradi, rejalar, tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligini asoslab beradi, ularni samarali, sifatli ishlashga undaydi. Ijrochilar bilan aloqalar ishlab chiqarish kengashlari, uchrashuvlar, bo'linmalar, ish joylariga borishlar, shaxsiy qabullar tarzda bo'lishi mumkin Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin: evristik, ma' muriy va operatorli.
Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling