Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti
Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi
Download 131.5 Kb.
|
XMTE Mustaqil ishi 2
3. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi
O'zini o'zi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini o'z ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil qilish, hamda uning o'zini o'zi rivojlantirishidir. O'zini o'zi boshqarishning asosiy maqsadlari qo'yidagilardan iborat: - menejment tomonidan vaqtdan va o'z imkoniyatlaridan ko'proq foydalanish;
uning o'zining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash; hayotni borishini ongli ravishda boshqarish; - ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni yengib o'tish. Turli tuman masalalarni kundalik hal qilishda menejer har xil vazifalarni bajaradi. O'zini o'zi boshqarishning bu jarayonining alohida vazifalar o'rtasidagi aloqani ko'rgazmali ravishda nomoyon qiluvchi doira kabi berilishi mumkin (7.1.rasm). Tashki doirada qo'yidagi beshta vazifalar ma'lum: 1). vazifalarni qo'yish; 2). rejalashtirish; 3). bo'lg'uvsi ishdagi ustivorliklarni belgilash; 4). kun tartibini tuzish va mehnat jarayonini tashkil qilish; 5). o'zini o'zi nazorat qilish va maqsadlarga tuzatishlar kiritish. O'zini o'zi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma'lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki axborotni almashish o'zini o'zi boshqarish jarayonining barcha pallalarida zarurdir. Maqsadlarni qo'yish uzluksiz jarayondir, chunki ular qoidaga ko'ra, bir marta va butunlay berilmaydi. Ular vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, masalan, agar ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida oldingi tasavvurlar noto'g'riligi yoki so'rovlar oshirilgan yo pasaytirilganligi aniqlanganda. SHunday qilib maqsadlarni qo'yish jarayoni uchta pallaga bo'linadi: maqsadni topish: "Men nimani xo hlayman?", vaziyatli tahlil: " Men nima qila olaman?", maqsadlarni shakllantirish: "Men aniq nimaga kirishayapman? ". Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling