Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
Download 31.5 Kb.
|
Ilmiy raxbar xulosasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi рrof., Xakimov M.X
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 706010101 — Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari mutaxassisiligi magistranti Mahmudjonov Mohirjon Habibullayevichning “Davlat tassarufida boʻlgan OTMlardagi professor-oʻqituvchilarning faoliyati boʻyicha axborot tizimini modellash va yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga XULOSA Magistrant M.X.Mahmudjonovning dissertatsiya ishi doirasida olib borgan tadqiqot ishining maqsadi – davlat tasarrufida boʻlgan OTMlardagi professor-oʻqituvchilar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot taqdim etadigan axborot tizimini yaratishdan iborat. Ushbu dissertatsiya ishidagi yaratilgan tizim HEMIS tizimiga integratsiya qilish nuqtai nazarda yaratilgan. Dissertatsiya kirish qismi, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi, natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati keltirilgan. Birinchi bobda axborot tizimlarining zamonaviy taʼlim tizimida tutgan oʻrni va ulardan foydalanish haqida maʼlumotlar berilgan. Axborot tizimlarini ishlab chiqishga qoʻyilgan talabalar va berilganlar bazasini xavfsizligini oshirish choralari keltirib oʻtilgan. Dissertatsiyaning ikkinchi bobda tizimni modellashtirish jarayoni yoritilgan boʻlib ushbu bobda tizimning umumiy strukturasi ArgoUML dasturi yordamida foydalanish, sinf, ketma-ketlik, hamkorlik, holat, faoliyat va joylashtirish diagrammalari ishlatilib tizimning xar bir funksiyani optimal modeli yaratilganini koʻrish mumkin. Uchinchi bobda dissertatsiya ishidan olingan natijalar va ularni tahlili yoritilgan. Bu bobda axborot tizimini joriy etish bosqichlari va statistik hisobotlar jadvali va turli kesimlarda statistik hisobotlarni shakllantirish, shuningdek tizimni boshqa tizimlar bilan integratsiyasi haqida taʼkidlab oʻtilgan. Ushbu bobda dissertatsiya ishiga qoʻyilgan quyidagi masalalar yechilganini ham koʻrish mumkin: - Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatiga davlat tasarrufida boʻlgan OTMlardagi professor-oʻqituvchilarning faoliyati haqida maʼlumot elektron shakllangan; - OTM rahbariyatiga oʻzi rahbarlik qilayotgan taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilarni faoliyatini kuzatish va ular haqidagi turli xildagi statistik hisobotlar olish imkoni paydo boʻlmoqda; - OTMlarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisida statistik maʼlumot oladigan ochiq portal ishga tushdi va tizim foydalanuvchisi boʻlmagan xar qanday foydalanuvchi maʼlum bir turdagi statistikalarni koʻrish imkoniyati yaratildi; - oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati va oʻquv faoliyatini yuritish uchun shaxsiy kabinet yaratib berilgan. Bundan tashqari vazirlik rahbariyati xodimlari uchun professor-oʻqituvchilar toʻgʻrisida respublikada yagona monitoring tizimi yaratilgan. Bu monitoring tizimida 900 ga turli xildagi soʻrovlarga javob olish va xar qanday kesimdagi statistik hisobotlarni olish, maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratilgan. Magistrant Mahmudjonov M.X oʻz oldiga qoʻyilgan masalani ijobiy hal qildi. U tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi mavjud talablarga mos keladi. Xulosa sifatida, davlat tassarufida boʻlgan OTMlardagi professor-oʻqituvchilarning faoliyati boʻyicha axborot tizimini modellash va yaratish mavzusidagi, 706010101- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishidagi magistranti, Mahmudjonov Mohirjon Habibullayevichning magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyilgan talablarga javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling