1.2. Filial majburiyatlari
1.2.1. Talabaning zamon talablari darajasida bilim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat ta’lim standartlari, Filial Ustavida belgilangan tegishli sharoitlarini yaratib berish, shu jumladan:
amaliyotni bevosita ishlab chiqarishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratish;
talabaga o‘quv jarayonida bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborot berish;
o‘qishni tugatgach, talabani o‘z mutaxassisligi va malakasiga muvofiq ishga yuborish, bunda talabaning istaklarini o‘rnatilgan tartibda e’tiborga olish;
o‘qish davrida har oyda o‘rnatilgan muddat va tartibda stipendiya to‘lovlarini amalga oshirish;
talabani o‘qishni tugatish arafasida unga taklif qilinayotgan ish joyi, lavozim, mehnat va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish;
Filial taqsimot komissiyasi talabani o‘qishni tugatish arafasida uning malakasi, reytingi, oilaviy sharoiti va doimiy yashash joylarini hisobga olgan holda ish joyiga taqsimlash, talaba ishga joylashganidan keyin 3 yil davomida unga zaruriy uslubiy yordam ko‘rsatish.
1.2.2. Filial taqsimot komissiyasi ishi tugagandan so‘ng bir haftadan, biroq bitiruvchi o‘qishni tugatgan kundan so‘ng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
Filial to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma;
ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma;
taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro‘yxatidan ko‘chirma.
2. Talabaning huquq va majburiyatlari
2.1. Talabaning huquqlari
2.1.1. Filialdan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish.
2.1.2. Filialda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida ta’lim olish.
2.1.3. Filialning Axborot-resurs markazi, sport inshooti, Wi-Fi hududlaridan foydalanish.
2.1.4. Filialning ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish.
2.1.5.Taqsimot bo‘yicha yuborilgan joydagi mehnat faoliyati davrida malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun Filial imkoniyatlaridan beg‘araz foydalanish.
2.1.6. Yuqori reyting to‘plagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud bo‘lgan ish joylariga o‘zlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |