Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. 
Uning 1536 yilda nashr etilgan 
“Xristian dinidagi ko’rsatmalar” degan bosh asari 
protestantlik ta'limot sifatida shakllangandan keyin yangi bir diniy yo
’nalish – 
kalvinizmning asosi bo
’lib qoldi. 
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o
’laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil 
emas, Tavrot bo
’lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu 
ta'limotga ko
’ra, barcha odamlar Xudoning biz uchun noma'lum bo’lgan irodasiga 
asosan magfirat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo
’linadi. Inson na imon, na 
“xayrli ishlar” bilan taqdirga yozilganini o’zgartira olmaydi: mag’firat qilinganlar esa
najotga mahkum. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning 
gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi. 
Protestant cherkovining kalvinistik yo
’nalishdagi davomchilari Shotlandiya, 
Gollandiya, Fransiya, Angliyada katta obro
’ va ta'sirga ega. 
Presviterianlik. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo
’lib, 
(yunoncha 
“eng eski”) mo’tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu 


65 
ta'limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida 
jamoa a'zolari tomonidan saylangan presviter turadu. Jamoalar mahalliy va davlat 
ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim juda sodda, ibodat paytida va'z aytiladi, 
birgalashib duolar o
’qiladi va diniy qo’shiqlar kuylanadi.
Presviterianlar diniy ta'limotining asosiy aqidalari 
“Vestminster” kitobida bayon 
qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo
’lib, olamdagi barcha odamlarning 
gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonish
dan iborat. 
Presviter jamoasi qavmlari saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya 
tomonidan boshqariladi. Presviterchilarning asosiy organi 
– Bosh assamleya.
Hozirgi paytda Shotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSh, Kanada, 
Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling