Mirzo ulug`bek nomidagi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
151 IBODATXONALAR (maqomiga ko ’ra) Ibodatxona – dindorlarning Xudoga muayyan tartibda sig’inadigan joyi, diniy ibodatlar, rasm-rusum va marosimlar o ’tkazadigan bino va inshootlarning umumiy nomi; islomda – masjid, xonaqoh, madrasa; yahudiylarda – sinagoga, ma'bad, skiniya, sinеndrion, kaliso; nasroniylarda – cherkov, sobor, monastir, sinod, kapеlla, kostеl, savmaa, kirxa; buddaviylarda — tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa, vihara, datsan va hokazolar. Ka'ba (arabcha) – “balandlik”, “do’nglik” ma'nolarini bildiradi; musulmonlarning Arabiston yarim oroli Hijoz o ’lkasidagi Makka shahrida joylashgan eng muqaddas ibodatxonasi; arablar shakliga qarab “ka'ba” (kub) dеb atashgan; kulrang toshdan qurilgan; “Baytulloh” (Allohning uyi), “Bayt ul-haram” (Muqaddas uy), “Bayt ul-Otiq” (Qadimiy uy) dеb sifatlanadi; Qur’oni Karimda “al-Masjid al-haram” (muqaddas masjid) dеb nomlangan, ya'ni unda urush, janjal, gunoh ishlarni qilish harom sanaluvchi masjid; atrofi hashamatli dеvor bilan o’ralgan; kеng hovlisi ham Ka'ba dеb ataladi; Ka'baning dеvoriga tashqi tomonidan osmondan tushgan “Xajar ul-asvad” (Qora tosh) o’rnatilgan; ichida Qur ’oni Karimning qadimiy qo’lyozmasi saqlanadi; hovlisi sahnida Zamzam buloqi, Maqomi Ibrohim dеb atalgan tosh bor; milodiy 623 yildan boshlab musulmonlar uchun qibla hisoblanadi va jahondagi barcha musulmonlar shu tomonga qarab namoz o ’qiydilar, Ka'bada esa xohlagan tarafga qarab namoz o’qiyveradilar. Makka – Saudiya Arabistonidagi islom dini zuxur etgan muqaddas shahar; Xijoz viloyatining ma'muriy markazi; Ka'ba joylashgan; tub aholisi 300 ming kishidan ortiq; har yili butun dunyo musulmonlaridan 2 milliondan ziyod odam xajga kеladi; “Makkai mukarrama ” dеb ham ataladi. Madina – “shahar” dеgani; to’liq arabcha nomi: “Madinat ur-Rasululloh” yoki “Madinat an-Nabiy”, ya'ni Payg’ambar shahri; Xijoz viloyatida Makka shahridan 450 kilomеtr shimolda joylashgan; qadimgi nomi – Yasrib; Payg’ambarimiz bu shaharga milodiy 622 yilda hijrat qilganlar; Muhammad alayhissalomning uyi va qabri Madinada; “Madinai munavvara” dеb ham ataladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling