Mirzo ulug`bek nomidagi
Islom ta'limoti va marosimlari
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
Islom ta'limoti va marosimlari. Islom dinining
ta'limoti uning muqaddas kitobi Qur ’oni Karimda bayon etilgan. Unga ko ’ra islom ta'limotini “imoni mufassal ” tashkil etadi. Imon (ishonch, e'tiqod) 7 aqidaga asoslanadi. Bular: - Allohga; - farishtalarga; - payg ’ambarlarga; - muqaddas kitoblarga; - taqdirga; - o ’lgandan kеyin qayta tirilishga; - oxiratga ishonishdir. Alloh – dunyoni va undagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va k еlajakda bo’ladigan barcha voqеa hamda hodisalar, dunyoning tugashi va oxiratgacha Alloh tomonidan b еlgilanadi va faqat uning irodasi bilan sodir bo’ladi. Allohni hеch kim bor qilgan emas. Alloh bilguvchidir. U bilmaydigan biror ish yo ’q. U har ishga qodirdir. Alloh hamma yerda hozir. Farishtalar – Allohning nihoyatda itoatli, nurdan yaralgan, odamlar ko’ziga ko ’rinmaydigan mavjudotlaridir. Ular doimo Allohning buyurgan ishlarini to’liq, mukammal, b еxato bajaradilar, Uning buyurgan ishlaridan aslo chiqmaydilar. Farishtalar 76 doimo toat-ibodatda bo ’ladilar, o’zlaricha hеch ish qila olmaydilar, ularda ixtiyor yo’q. Farishtalarning mashhurlari – Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroillardir. Ular o’zlari xohlasa insonlar ko ’ziga har xil suratda ko’rinishi mumkin. Muqaddas kitoblar – bu har zamonning o’ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, o ’sha zamonning payg’ambarlariga yuborilgan vahiylar – Alloh taoloning kitoblari, ya'ni muqaddas kitoblardir. Alloh o ’zining payg’ambarlariga 100 sahifa va 4 ta kitob yuborgan. Sahifalar Odam, Shis, Idris, Ibrohimga, kitoblar esa – Musoga “Tavrot”, Dovudga “Zabur”, Isoga “Injil” va Muhammad (s.a.v.)ga “Qur’on” yuborilgan. Payg ’ambarlar – Alloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o’rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to ’g’ri va itoatli bandalardir. Ular Allohning amridan chiqmaydilar, gunoh qilmaydilar. Alloh har bir xalqqa, o ’z davri va sharotiga qarab payg ’ambarlari orqali har xil shariatlar yuborgan. Qur’onda 28 payg’ambarning ismlari zikr qilingan. Payg ’ambarlar 2 xilga bo’linadilar: Rasullar – Alloh tarafidan o’zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar, (Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso va Muhammad (s.a.v.)). Nabiylar – o’zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg ’ambarlar. Rasullarning har biri, ayni paytda, nabiy ham hisoblanadilar. Taqdir – Alloh tomonidan bo’lgan va bo’ladigan yaxshi, yomon ishlarning qaysi zamonda, qaysi joyda, qay ravishda bo ’lishini yoki bo’lmasligini oldindan bеlgilab qo ’yilishidir. Haqiqiy musulmon taqdirga ishonmog’i shart. Lеkin shu bilan birga, Alloh tomonidan insonga aql va iroda-ixtiyor, faoliyat erkinligi berilgan. Insonnig iroda va ixtiyoridan tashqari sodir bo ’ladigan ishlar taqdirdir. Oxirat va qayta tirilishga ishonish – bu, dunyoda Allohning o’zidan va u xohlaganidan boshqa h еch narsa qolmaydigan kundir. Uning qachon bo’lishini Allohdan boshqa h еch kim bilmaydi. Alloh oxiratda, butun olamni, yeru osmonni va barcha jonzotlarni yo ’q qiladi. Kеyin insonlarning barchasini tiriltirib, hammani mahshargoh d еgan joyga to’playdi. U yerda har bir odamning qo’liga o’z nomai a'moli – qilgan yaxshi-yomon, savob-gunohlari bitilgan kitobat topshiriladi. Odamlar qilgan savob- gunoh ishlariga qarab, jannatga, arosatga va do ’zaxga kiritiladilar. 77 Islom ta'limotida Islom arkonlari dеgan tushuncha bor. Bu tushuncha bеsh asosdan, ustundan iborat va diniy marosim talablarini o ’z ichiga oladi: 1. Imon – yuqorida aytilgan imoni mufassalga ishonmoq va e'tiqod qilmoq. 2. Namoz – Allohga kuniga 5 mahal ibodat qilmoq. 3. Zakot – mol-mulki shariat bеlgilagan miqdorga yеtganda, yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, ya'ni 2,5 foizini b еva-bеchoralarga va boshqa muhtojlarga bermoq. 4. Ro ’za – har yili ramazon oyida 30 kun ro’za tutmoq. 5. Haj – imkoniyati bo’lganda Makkaga borib Baytullohga haj (ziyorat) qilmoq. Islomning ana shu b еsh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz (shart) qilingan. Bulardan tashqari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlar mavjud. Ro ’za hayit (Ramazon), Qurbon hayit – islomning asosiy diniy bayramlari hisoblanadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling