Mirzo ulug`bek nomidagi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makka suralari.
Qur
’onning tarkibi. Qur’on – arabcha “araqa” (o’qimoq) fе'lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura so ’zi “qo’rg’on”, “manzil” va “sharaf” ma'nolarini anglatadi. Sura Qur ’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta va undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur ’onda jami 114 ta sura mavjud. Suralar Qur’onda mazmuniy izchilligi yoki nozil bo ’lgan vaqtiga, ya'ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra – avval katta suralar, undan so ’ng kichik suralar tartibi bilan Muhammad (s.a.v.) ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har-xil: eng katta hajmga ega bo ’lgan “Baqara” surasi 286 oyatdan, eng qisqa “Kavsar” surasi faqat 3 oyatdangina iborat. Oyatlar soni esa, Qur ’on matnlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha b еlgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi, xolos. Qur ’on suralari ikki qismga bo’linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar – “Makka suralari” dеyiladi. 2. Hijratdan k еyin tushgan suralar – “Madina suralari” dеyiladi. 83 Islomshunoslik va qur ’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin: Makka suralari. 1-Makka davri (610-615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo ’lgan suralarga “Nazmiy suralar” dеb nom berganlar. 2-Makka davri (616-619 yillar), Muhammad (s.a.v.) va ularning izdoshlari doimiy ta'qib ostida yashagan va ko ’pchilik Habashistonga ko’chib kеtgan muhitda nozil bo ’lgan. Bu suralarda Allohning “Rahmon” sifati ko’p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni “Rahmon suralari” dеb ataganlar. 3- Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sеntabrigacha). Bu davrda ham Muhammad (s.a.v.) va sahobalari ta'qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko ’pincha shahardan tashqarida ibodatga to ’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga kеng o ’rin berilgan. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling