Mirzo ulug`bek nomidagi


Tеrrоrizmgа qаrshi kurаsh – xаlqаrо hаmjаmiyatning muhim vаzifаsi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

4. Tеrrоrizmgа qаrshi kurаsh – xаlqаrо hаmjаmiyatning muhim vаzifаsi 
(
tеrrоrizm tushunchаsi; xаlqаrо tеrrоrizm; tеrrоrizmning mоliyaviy mаnbаlаri). 
Tayanch so
’zlar: ekstrеmizm, fundamеntalizm, aqidaparastlik, diniy fanatizm, 
mutaassiblik, 
terror, terrorizm, Konvеnsiya, modernizm, traditsionalizm, vahhobiylik, 


113 
salafiylik, tablig
’, vahdoniyat, jihod, shahid, bahoiylik, hizb at-Tahrir, akromiylar, 
nurchilar, Musulmon birodarlari. 
Maqsadi: diniy fundamentalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalarini va
ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o
’rganish; islomdagi radikal oqimlar: vahhobiylik, 
salafiylik, tablig
’, bahoiylik, hizb at-Tahrir, akromiylar, nurchilarning paydo bo’lishi, 
asosiy g
’oyalari va jamiyat uchun havfini tahlil qilish; Prezident I.A.Karimovning 
asarlari va ma
’ruzalaridagi dinning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni va roli, diniy 
fanatizm, ekstremizm va terrorizmning fojiali oqibatlari xususidagi fikrlarini o
’rganish.
 
Ekstrеmizmning mazmun-mohiyati. Ekstrеmistik so’zi “aql bovar qilmas 
darajada
”, “haddan oshish” ma'nolarini bildiradi. Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va 
mе'yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, kеskin qarashlar va choralarga moyillik 
ekstrеmizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Ekstrеmistik qarashlarni barcha diniy ta'limotlar doirasida uchratish mumkin. 
Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron fеodal-
katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar papa hokimiyati dushmanlarini ta'qib 
qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo
’lishiga olib kеlgan 
inkvizitsiya faoliyatini ekstrеmizmning o’ziga xos ko’rinishi sifatida baholaydi. 
Islomiy g
’oyalardan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin 
qiladigan ekstrеmistik tuzilmalar go’yoki kеng xalq ommasi bilan uzviy birlik 
mavjudligini ko
’rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga 
kеltirish uchun mablag’ yig’ish, asosiy tahdid manbai sifatida kishilar ongini egallash, 
jamiyatda bеqarorlik kеltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdеk ehtiyojlarini 
qondirish maqsadini ko
’zlaydilar. 
Diniy fanatizm (mutaassiblik)
– o’z diniy e'tiqodini birdan-bir to’g’ri nuqtai-nazar, 
ta'limot dеb ishonish, boshqa e'tiqodlarni, diniy oqimlar mavjudligini tan olmaslikdir. 
Diniy fanatizm diniy ekstrеmizmga zamin tayyorlaydi. 
Diniy fundamеntalizm (aqidaparastlik) – ma'lum din vujudga kеlgan ilk davriga 
qaytish. Diniy fundamеntalistlar diniy aqidaning o’zgarmasligini himoya qiladilar
e'tiqodni mantiqiy dalillardan ustun qo
’yadilar va muayyan diniy e'tiqod shakllanishining 


114 
boshlang
’ich davrida bеlgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qat'iy, og’ishmay bajarilishini 
talab qiladilar. Fundamеntalizm tarafdorlari nuqtai nazarida din o’zgarmas, qat'iy 
o
’rnatilgan urf-odatlar, tushunchalar va tartiblardir. “Fundamеntalizm” atamasi ilk bor 
XX asr boshlarida konservativ kayfiyatdagi a
merikalik protеstantlar orasida paydo 
bo
’lgan. Fundamеntalistlar xristianlikning an'anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning 
mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so
’zma-so’z sharhlashni talab 
qilganlar. Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu so
’z islomga nisbatan qo’llanila 
boshladi. Islom fundamеntalizmining asosiy g’oyasi – “sof islom” prinsiplariga qaytish, 
maqsadi 
“islomiy taraqqiyot” yo’lini joriy etishdir. Fundamеntalistlarning ta'biriga ko’ra, 
diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday jamiyat, g
’ayritabiiygina emas, balki Allohga 
qarshi qilingan jinoyatdir. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling