Mis qotishmalari


Download 27.52 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi27.52 Kb.
#1329974
1   2   3   4   5
Bog'liq
17.1 variant 222docx

Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen, polimetilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan monomerlardan olinadi. Polimerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan kichik molekula tugunchalari echiladi va moddaning boyashang‘ich molekulalarida erkin valentlar hosil bo‘lib yirik molekulalar bilan birikadi. Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. SHu sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir.

Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina-formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi kimyoviy birikish natijasida hosil bo‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa qo‘shimcha moddalar ajraladi. SHu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bo‘ladi.
Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bo‘ladi: termoplastik va termoreaktiv polimerlar.
CHiziqli polimerlarni – termoplastik, fazoviy tuzilishdagilarni esa termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Fazoviy pishiq sinchli polimerlarning molekulalararo kovalent bog‘lanish mustahkamligi, ularning ichki qismidagi molekulalarning birikish mustaxkamligiga teng. Bunday bog‘lanishlarni o‘zaro buzish uchun yuqori harorat kerak bo‘ladi.

Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m3 gacha bo‘ladi, ya’ni oshrligi alyumindan 2 marta, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshindan 5–10 marta engil, mustahkamligi esa yuqori. To‘ldirgichlar qo‘shib ishlangan murakkab plastmassa listlaridan tekstolitning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 150 MPa gacha bo‘lsa, yog‘och tolasi qo‘shib ishlangan plastmassaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bo‘ladi. 

17.4
Metall va uning qotishmalaridan mikrotahlil uchun makroshliflar tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: Mikroshlif stanokda yoki metall qirqish arrasida kesib olinadi. Shlif tayyorlashda quyidagi o‗lchamlar 32 tavsiya etiladi, (agar namuna silindrik bo‗lsa) 12 mm yoki 12x12 mm. Namunaning balandligi 10 – 15 mm. Kesib olingan namuna abraziv charxda tozalanadi. Namunani tozalaganda o‗ta qizishi mumkin emas. Tekislangan namuna jilvirlash qog‗ozi yordamida silliqlanadi, bunda jilvirlash qog‗ozining 12-3 markasidan (uning donadorligi 125-200 mkm) uning M 40-M4 markasigacha (donadorligi 28-35 mkm) namuna yuzasida chiziqlar yo‗qolguncha tozalanadi. Jilvirlash qog‗ozi silliqlash uchun to‗g‗ri tekislikka yotqiziladi. Eng kichik donali qog‗ozda jilvirlangandan keyin namuna yuvilib, uning yuzasidagi qolgan chiziqlarni yo‗qotish uchun yaltiratiladi. Namunaning yuzi aylanma xarakat qiladigan ustiga na‘mat yoki fetro tortilgan disk yordamida yaltiratiladi. Yaltirash davomida diskka xrom oksidining suvdagi aralashmasi sepilib turiladi, alyuminiy oksidi mayda donali kukun ko‗rinishda suritiladi.



14.5
Download 27.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling