Misrlik Fir’avn Ramses II ning shoh Xett Xattush III (1296 mil av.) bilan


Download 207.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi207.03 Kb.
#1424766
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro Ommaviy Huquq

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, ushbu dunyoning eng birinchi xalqaro 
huquqiy hujjati hozirgi vaqtga kelib ham dolzarbligini yo’qotmagan. Sababi shuki, 
u hozirgi kunda xalqaro huquqning eng muhim qismlarini qamrab oladi.
Ushbu eng yoshi katta xalqaro huquqiy shartnomada ikki davlat o’rtasida 
abadiy do’stlik, mangu tinchlik va birodarlik, hududlar boýlab integratsiyalashuv, 
agressiyasiz aloqa, ekstraditsiya va o’zaro yordam hamda hamkorlik sifatida xalqaro 
huquqda muhim rol oýnaydi. Ushbu “kumush shartnoma”da keltirilgan har bir band
hozirgi BMT nizomida va boshqa xalqaro hujjatlarda o’z aksini topadi. Undagi 


prinsiplar va institutlar xalqaro huquqiy maydonda hali ham o’z kuchini yo’qotgani 
yo’q. Misol uchun ularning har ikki taraf uchun alohida alohida lavhlarga yozib 
topshirilishi, qoidalarda o’zaro aka – ukachilik jumlalari keltirishi subyektlar 
o’rtasida “Suveren tenglik” prinsipi mavjudliligini bildiradi.
II. Nazariy savollar. 
1. Yumshoq huquq (soft law) tushunchasiga tarif bering va misollar bilan 
tushuntiring.
Yumshoq huquq majburiy huquq va majburiyatlarni yaratishda zaruriy 
me’yoriy hujjatning mazmuni yetishmayotgan protseduralar, xalqaro normalar va 
tamoyillarni hosil qiladi. Ammo shunday bo’lsa ham yumshoq huquq aniq bir ta’sir 
choralarini ishlab chiqaradi. Yumshoq huquq normalarni yetishmayotgan yeriga 
bo’shliqni to’ldiruvchi vazifani bajaradi, ba’zida davlatlar va boshqa manfaatdor 
tomonlarga mavhum ijtimoiy munosabatlarda majburiy huquqiy normalar yaratadi.
“Olim X.T.Odilqoriev fikricha, yumshoq huquq ikkita hodisani nomlashda 
qo’llaniladi. Birinchisi, faqat xalqaro huquq subyektlari rioya qilishi lozim bo’lgan 
umumiy ko’rsatmalar beruvchi normalar nazarda tutiladi. “Erishish”, “Intilish”, 
“Zarur choralarni ko’rish” va h.k ibora va normalardan iborat bo’ladi. Ikkinchisi esa 
nohuquqiy hujjatlar, xalqaro organ va tashkilotlarning rezolyutsiyalari, qo’shma 
bayonotlar, kommunikelardagi normalar kiradi”
3
.
Yumshoq huquq atamasini yuqoridagi olim fikrlarini yaxshilab ochib 
beradigan bo’lsam, yuridik jihatdan majburiy kuchga ega bo’lmagan yoki an’anaviy 
3
B.E. Ochilov, H. T. Odilqoriev, 2002-2007- Alisher Navoiy nomidagi milliy nashriyoti.


qattiq huquqning majburiy kuchidan biroz zaifroq bo’lgan kvazi-huquqiy hujjatlarni 
anglatadi (masalan, tavsiyalar va ko’rsatmalar ). Bu atama ishlatilishi ba’zi olimlar 
tomonidan keng muhokamaga sabab bo’ladi chunki har bir olim bu atama ortiqcha, 
bo’rttirilgan va keraksiz sifatida sanasa, boshqalar bu atama orqali nisbatan kamroq 
vaqt talab etadigan, moslashuvchan va arzonroq xalqaro normativ huquqiy hujjatlar 
ishlab ishlab chiqarishga erishiladi degan fikrda.
Yumshoq huquqqa misollar keltiradigan bo’lsam, bular BMT Bosh 
Assambleya rezolutsiyalari, deklaratsiyalari, masalan inson huquqlari boýicha 
umumjahon deklaratsiyasida namoyon bo’ladi.
Xalqaro huquqda yumshoq huquq terminologiyasi hanuzgacha baxsli 
hisoblanadi. Ba’zi amaliyotchilar tomonidan bu tushuncha shunchaki kundalik 
munozarali masalalarni hal etish uchun muhim bo’lgan qism deb hisoblaydilar. 
Chunki qaysi davlat ko’pincha milliy noroziliklarni olib kelishi mumkin bo’lgan 
qonunlardagi majburiyatlarni bo’yniga olishni xohlaydi ?!!! 
2. Qochoqlarni, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni, chet el fuqarolarini himoya 
qilish uchun qanday xalqaro hujjatlar qabul qilingan? O`zbekiston ularning 
qaysi birida ishtirok etadi? 
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni himoya qilish uchun quyidagi 
normativ huquqiy hujjatlarni keltirib o’tish mumkin: 
1954-yilgi “Apatridlar maqomi to’g’risidagi” Konvensiya va 1961-yilgi 
“Fuqarosizlikni kamaytirish to’g’risidagi” Konvensiya mavjud bo’lib, bu 
konvensiyalarni ko’pchilik davlatlar o’z norma va prinsiplariga moslashtirishgan.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasining 23-moddasida Chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq 
normalariga muvofiq ta’minlanishi belgilab o’tilgan.


Chet ellik fuqarolarning maqomi xalqaro huquqda 1985-yilgi BMTning 
fuqaro bo’lmagan shaxslarga tegishli inson huquqlari Deklaratsiyasida hamda 1985-
yilgi Amerikalararo chet elliklar maqomi to’g’risidagi konvensiyalarda nomoyon 
bo’ladi.
1966 – yilgi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi”xalqaro Paktda 
fuqarolar va chet el fuqarolari uchun har bir huquq barcha uchun teng ravishda davlat 
tomonidan ta’minlanishi shartligi belgilangan.
Hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqida qochoqlarning hquqularini 
himoya qilishning uchta universal xalqaro-huquqiy hujjat mavjud: 
- BMT ning Qochoqlar ishlari boýicha Oliy Komissarining 
Boshqarmasining “Boshqarma Nizomi” 
- 1951- yilgi “Qochoqlar maqomi to’g’risida”gi Konvensiya; 
- 1967- yilgi Qochoqlar maqomi boýicha Protokol mavjud. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda 1951-yilgi “Qochoqlar maqomi 
to’g’risida”gi Konvensiyani imzolamagan yagona davlat hisoblanadi. Bundan 
tashqari mamlakatda qochqinlar va boshpana izlovchilar uchun qonuniy tuzilma 
yoki mexanizm mavjud emas. Lekin shunday bo’lsada, O’zbekistonda “Gentelmen 
Agreement” (Jentelmenlik kelishuvi) ga erishilgan va bu qochqinlarning ahvolini 
sezilarli ravishda yaxshilanishiga, deportatsiyalar va hibsga olishlar soni sezilarli 
kamayishiga olib keladi.
3. Xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyekti sifatida roli nimalarda 
namoyon bo’ladi?
 
Xalqaro huquqda tashkilotlarning roli quyidagicha xususiyatlari bilan ajralib turadi: 


- Xalqaro tashkilotlarning alohida xususiyati shundan iboratki, ularning 
a’zolari faqat suveren davlatlar, ularning organlari emas, aynan davlatlar 
hisoblanadi. 
- Mazkur tashkilotlar ko’pincha hukumatlararo tashkilotlar deb ataladi. 
- Davlatning bir qismi ham xalqaro tashkilot a’zosi bo’la olmaydi.
- Barcha a’zolar tashkilot organlari ishida teng huquqli ishtirok etadi hamda 
uning faoliyati uchun majburiyatga ega bo’ladi. 
- Ular tashkilot budjetiga badal to’laydilar. 

Download 207.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling