Mitasi huzuridagi fiskal institut


Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi


Download 100.66 Kb.
bet5/10
Sana31.01.2024
Hajmi100.66 Kb.
#1833048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oraliq oxirgi variant

Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi;

  2. maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish zarurati va imkoniyatining asoslari.

  3. Maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi;

  5. maxsus iqtisodiy zona bosh rejasining loyihasi va maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishni hisobga olgan holda chegaralari chizib ko‘rsatilgan yer-kadastr rejasining ko‘chirma nusxasi;

  6. chegaralariga o‘zgartirish kiritiladigan maxsus iqtisodiy zonaga qo‘shilishi mo‘ljallanayotgan hududlarda joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ro‘yxati hamda ularning yer uchastkalarini maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashiga, maxsus sanoat zonasi bo‘lgan taqdirda esa, yer uchastkalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘tkazish uchun yozma roziligi;

  7. maxsus iqtisodiy zonaning chegaralariga qo‘shib olish uchun taklif qilinayotgan hududlarda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarning va tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati;

  8. maxsus iqtisodiy zonaning chegaralaridan chiqarib tashlash uchun taklif etilayotgan hududlarda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining ro‘yxati (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);

Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tugatishni ta’minlash, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilariga kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalarni taqdim etish bo‘yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarori loyihasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus iqtisodiy zonani tugatish komissiyasining tarkibi va vakolatlarini, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani tugatish tartibini belgilovchi qarori loyihasi
Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning sabablari hamda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar va umuman respublika uchun, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun ehtimoldagi oqibatlari ko‘rsatilgan holda tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni, shuningdek tugatilayotgan maxsus iqtisodiy zona faoliyatining va faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichlarini batafsil tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning zarurati hamda imkoniyatining texnik-iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari.


Download 100.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling