Mitasi huzuridagi fiskal institut


Maxsus iqtisodiy zonani tugatish uchun asoslar


Download 100.66 Kb.
bet6/10
Sana31.01.2024
Hajmi100.66 Kb.
#1833048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oraliq oxirgi variant

Maxsus iqtisodiy zonani tugatish uchun asoslar.

  1. Maxsus iqtisodiy zona qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha muddat tamom bo‘lgach, tugatilgan hisoblanadi.

  2. Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi, agar:

buni odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat xavfsizligini va mamlakat mudofaasini ta’minlash zarurati taqozo etsa;

  1. Maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida bironta ham yuridik shaxs mazkur maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa va (yoki) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan ish o‘rinlari yaratilmagan bo‘lsa;

  2. Maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida mazkur maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha faoliyat amalga oshirilmagan bo‘lsa;

5. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisini maqomini yo‘qotganligi va mazkur iqtisodiy zonaning oxirgi ishtirokchisi tomonidan bunday maqom yo‘qotilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida uning hududida uning ishtirokchisi sifatida birorta ham yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi bois maxsus iqtisodiy zonada uning ishtirokchilari qolmagan bo‘lsa;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan maxsus iqtisodiy zonani tashkil etishning maqsadlariga erishish boshqa sabablarga ko‘ra imkonsiz bo‘lib qolgan bo‘lsa

Maxsus iqtisodiy zonani tugatish bilan bog‘liq mulkiy va boshqa masalalarni hal qilish, maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchilari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tugatish komissiyasini tuzadi, uning tarkibi va vakolatlarini belgilaydi, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani u muddatidan oldin tugatilgan taqdirda tugatish tartibini tasdiqlaydi.
Grafik1

Izoh: 2015 yilda “Jizzax” erkin iqtisodiy zona ishtirokchi-korxonalari soni 8 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yilga kelib 35 taga yetgan. O‘tgan 2015-2021 yillar mobaynida “Jizzax” EIZ korxonalari tomonidan jami 4 426,2 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 79,4 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingan.




  1. Download 100.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling