Mitasi huzuridagi fiskal institut


Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining huquq va majburiyatlari


Download 100.66 Kb.
bet8/10
Sana31.01.2024
Hajmi100.66 Kb.
#1833048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oraliq oxirgi variant

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining huquq va majburiyatlari.
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchis; maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan huquqiy himoya kafolatlari, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishga, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga, binolarni, inshootlarni foydalanish uchun olishga, investitsiya bitimi va investitsiya loyihasini amalga oshirishning tarmoq jadvallariga muvofiq muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi bilan uni o‘z vaqtida ta’minlanishini maxsus iqtisodiy zona direksiyasidan talab qilishga, maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan, shu jumladan shartnoma asosida ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmat turlaridan teng shartlarda foydalanishga, o‘z mablag‘lari hisobidan maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlarini qurishga, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqli.
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining arizasiga asosan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish tartibi.

  1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi tomonidan maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga beriladi. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi kelib tushgan arizani ikki ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashiga taqdim etadi.

  2. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi tomonidan o‘n kun ichida, maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga moddiy yoki moliyaviy zarar yetkazish belgilari bo‘lgan hollarda esa o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqiladi.

  3. Maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining qarorida maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan yetkazilgan moddiy yoki moliyaviy zararning o‘rnini qoplash, shu jumladan maxsus iqtisodiy zona direksiyasining sudga murojaat qilishi orqali qoplash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin.

  4. Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yo‘qotishi maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga moddiy yoki moliyaviy zarar yetkazmagan taqdirda uning maxsus iqtisodiy zona hududidagi faoliyati tugatilishiga, shuningdek yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mulk huquqlarining tugatilishiga olib kelmaydi. Bunda ushbu yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun berilgan maxsus huquqiy rejimdan foydalanish huquqini yo‘qotadi.

  5. Ushbu tartib tadbirkorlik subyektini maxsus sanoat zonalarining ishtirokchisi maqomidan mahrum qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2022- yilning 1- oktabr holatida ishtirokchisi mavjud jami 19 ta maxsus iqtisodiy zona, 208 ta kichik sanoat zonasi , 20 tatexnopark hamda 471 ta klasterlar mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni maxsus iqtisodiy zonada 490 tani, kichik sanoat zonasida 1836 tani, texnoparklarda 903tani vaklasterlarda 482 tani tashkil etdi.
Erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan korxonalar hududlar kesimida:
-“Jizzax” EIZ
-“Navoiy” EIZ
-“Nukus” EIZ
-“Hazorasp” EIZ
-“G’ijduvon” EIZ
-“Buxoro-agro” EIZ
-“Angren” EIZ
-“Ohangaron” EIZ
-“URGUT” EIZ
-“Namangan” EIZ
Jadval-12

Izoh: 2022-yil 1-yanvar holatiga ko`ra hududlar kesimida Maxsus iqtisodiy zonalar, Kichik sanoat zonalar, texnopark va klassterlar soni.

Erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4853-son Farmoni bilan EIZ ishtirokchilari yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, aylanmadan olinadigan soliqdan kiritgan investitsiya hajmiga mutanosib ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha ozod qilingan.

Jadval-23

Izoh: 2023-yil 1-aprel holatiga ko`ra hududlar kesimida Maxsus iqtisodiy zonalar, Kichik sanoat zonalar, texnopark va klassterlar soni.
Shu jumladan:
-yer solig’i, daromad solig’i, yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig’i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lovidan;
-bo’shab qoladigan mablag’larni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jixozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xomashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yo’naltirgan holda, ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlar, mahsulot eksport qilinganda, vujudga keladigan qo’shilgan qiymat solig’ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona to’lovlaridan ( bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari);
-respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda shakillantiriladigan ro’yxatlar bo’yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida olib kiriladigan qurilish materiallari bojxona to’lovlaridan ( bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari ) ozod etiladi.
Mazkur imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, 3 yildan 10 yilgacha turli ekvivalent miqdoriga asosan beriladi.
Grafik-24

Izoh: MIZ, KSZ, texnopark va klasterlarlarning yanvar – mart oylarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi, mlrd. so‘m.


Download 100.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling