Mixail Bulgakov ityurak (qissa)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana21.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1642504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Ityurak [@kitoblar pdf]

VII. 
 
— Yo’q, yo’q, yo’q! — qat’iy dedi Bormental, — marhamat qilib, 
yoqangizga qistirib oling! 
— E, tavba...— g’o’ldiradi Sharikov ensasi qotib. 
— Minnatdorman, doktor, — yumshoqqina dedi Filipp Filippovich, — 
hadeb tanbeh beraverish jonimga tegib ketdi. 
— Taqib olmaguningizcha, ovqat yeyishingizga ruxsat bermayman. Zina, 
Sharikovning mayonezini olib keting. 
— Olib ketingiz nimasi? — ko’ngli buzildi Sharikovning, — hozir taqib 
olaman. — Chap qo’li bilan ovqatini Zinadan yashirib, o’ng qo’li bilan 
salfetkani yoqasiga qistirib, sartaroshxonadagi mijozlarga o’xshab qoldi. 
— Marhamat qilib, vilkada yeng, — qo’shimcha qildi Bormental. 
Sharikov chuqur xo’rsinib, quyuq qayla ichidan osetr bo’laklarini tuta 
boshladi. 
— Men yana aroq ichsam bo’ladimi? — dedi u savol ohangida. 
— Balki yetar shu ichganingiz? — dedi Bormental, — so’nggi paytlarda 
aroqqa ruju qo’yyapsiz. 
— Nima, qizg’anyapsizmi? — so’radi Sharikov unga yer ostidan 
tikilarkan. 
— Bo’lmag’ur gapni gapiryapsiz... — aralashdi badjahl Filipp 
Filippovich, lekin Bormental uning gapini bo’ldi. 


73 
— Siz hayajonlanmang, Filipp Filippovich, men o’zim. Siz, Sharikov, 
bema’ni gapni gapiryapsiz, lekin afsuslanarli joyi shundaki, siz bu 
gaplarni o’ta mas’uliyatsizlik bilan uzil-kesil gapiryapsiz. Aroqni sizdan 
qizg’anayotganim yo’q, buning ustiga u meniki ham emas, Filipp 
Filippovichniki. Avvalambor, u — zararli, undan keyin esa siz aroqsiz 
ham o’zingizni tuta bilmaysiz. 
Bormental qo’li bilan qulflab tashlangan bufetga ishora qildi. 
— Zinusha, iltimos, menga yana baliq bering, — dedi professor. 
Sharikov bu borada aroq solingan grafinga qo’l cho’zdi, Bormentalga 
ko’z qirini tashlab, o’zining qadahini to’latib oldi. 
— Boshqalarga ham taklif qilish kerak, — dedi Bormental, — qoidasi esa 
bunday: avval Filipp Filippovichga, keyin menga, oxirida esa, o’zingizga. 
Sharikov istehzo aralash iljayarkan, boshqa qadahlarni ham to’latdi. 
— Sizlarda hamma narsa paraddagiga o’xshaydi, — gap qistirdi u, — 
salfetkani u yoqqa, galstukni bu yoqqa, «kechirgaysiz», «marhamat — 
mersi»... chinakamiga emas bular... Xuddi podsholik tuzumidagiday 
tartib o’rnatib, o’z-o’zingizni qiynaysiz. 
— Chinakamiga emas, deganingiz nimasi, bilsak bo’ladi-mi? 
Sharikov Filipp Filippovichning bu savolini javobsiz qoldirdi, qadah 
ko’tarib dedi: 
— Xullas, hamma ishlaringiz... 
— Sizning ham, — birmuncha kinoya aralash dedi Bormental. 
Sharikov bir ko’tarishda qadahni tomog’iga quyib yubordi, aftini 
burishtirib, bir bo’lak nonni burniga yaqinlashtirdi, hidladi va og’ziga 
solib yutib yubordi. Illo ko’zlari yosh bilan to’ldi. 
— Odat, — to’satdan, o’z-o’ziga gapirganday dedi Filipp Filippovich. 
Bormental hayratga tushdi. 
— Ma’zur tutasiz... 
— Odat! — qaytardi Filipp Filippovich va boshini nadomat bilan 
chayqagancha qo’shimcha qildi: — Bu yerda biz bir nima qilishga 
ojizmiz — Klim. 
Bormental favqulodda qiziqish va sinchkovlik bilan Filipp 
Filippovichning ko’zlariga tikildi. 
— Siz shunday deb o’ylaysizmi, Filipp Filippovich? 
— O’ylashning hojati yo’q, bunga ishonchim komil. 


74 
— Nahotki... — deya so’z boshlagan Bormental Sharikovga qarab to’xtab 
qoldi. 
U esa shubhali tarzda qovog’ini uyib olgandi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling