Mixail Bulgakov ityurak (qissa)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana21.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1642504
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Ityurak [@kitoblar pdf]

VIII 
 
Filipp Filippovichning qanday qarorga kelgani noma’lum. Lekin 
keyingi hafta mobaynida u boshqa hech qanday ish bilan shug’ullanmadi, 
ehtimol, shuning uchun bo’lsa kerak, uydagi hayot yana har xil voqealar 
bilan boyib ketdi. 
Suv va mushuk voqeasidan keyin chamasi 6 kunlar o’tgach, uy 
xo’jaligi boshqarmasidan Sharikovning oldiga pirovardida ayol bo’lib 
chiqqan o’spirin kelib, unga hujjatlarini topshirib ketdi. U hujjatlarni 
darhol cho’ntagiga yashirib, doktor Bormentalni chaqirdi. 
— Bormental! 
— E, yo’q, siz meni ismi-sharifimni aytib chaqiring, — javob qildi 
Bormental rangi o’zgarib. 
Qayd etib o’tish kerakki, shu o’tgan 6 kun ichida jarroh o’z 
tarbiyalanuvchisi bilan kamida 8 marta urishdi. Shuning uchunmi, 
Obuxov xonalarida obi-havo diqqinafas edi. 
— U holda meni ham ismi-sharifim bilan chaqiring,— mutlaqo asosli 
javob berdi Sharikov. 
— Yo’q! — eshikdan Filipp Filippovichning guldirak ovozi yangradi. — 
Mening uyimda sizni bunaqa ism-sharif bilan atashga ijozat bermayman. 
Agar sizni familiyangiz bilan Sharikov deyishlarini istasangiz, men ham, 
doktor Bormental ham sizni «janob Sharikov» deb chaqiramiz. 
— Men janob emasman. Janoblarning hammasi Parijda! — akilladi 
Sharikov. 
— Shvonderning ishi, — qichqirardi Filipp Filippovich. — Xayr, mayli, 
u yaramas bilan o’zim hisob-kitob qilaman. Tirik ekanman, mening 
uyimga janoblardan bo’lak hech kim qadam bosmaydi. Aks holda, bu 
yerdan yo siz, yo men chiqib ketishimiz kerak, to’g’rirog’i — siz. 
Bugunoq gazetaga e’lon berib, inoning, sizga xona topib beraman. 
— Eh-ha, men bu yerdan osongina chiqib ketadigan ahmoq ekanmanmi?! 


81 
— dedi Sharikov dona-dona qilib. 
— Nima?! — so’radi Filipp Filippovich va uning yuzi shunaqangi 
vajohatli tusga kirdiki, qo’rqib ketgan Bormental uning oldiga uchib 
keldi, hayajon va ehtiyotkorlik bilan qo’ltig’idan oldi. 
Bilasizmi, siz surbetlik qilmang, — Sharikov orqaga chekindi, 
cho’ntagidan qizil, sariq va oq rangdagi 3 ta qog’oz chiqarib, barmog’i 
bilan ularni nuqib ko’rsatarkan: 
— Mana. Turar-joy shirkatining a’zosiman, shuning uchun menga mas’ul 
ijarachi Preobrajenskiyga tegishli 5-uydan 16 arshin joy ajratilishi kerak, 
— Sharikov o’ylab turib: — Bormental muruvvat qilsinlar, — qayd etdi. 
Filipp Filippovich lablarini tishlagancha, ehtiyotsizlik bilan nido 
qildi: 
— O’lay agar, oxir-oqibat o’sha Shvonderini otib tashlayman! 
Sharikov bu so’zlarni diqqat bilan tinglab, dastur sifatida ilib olgani 
uning ko’zlaridan ko’rinib turardi. 
— Filipp Filippovich, vorsichtig

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling