Mm 61-guruh talabasi Tohirov Behruz


Download 0.82 Mb.
bet2/2
Sana18.05.2020
Hajmi0.82 Mb.
#107438
1   2
Bog'liq
6-8 mavzu topshiriqlari

1. Erkin iqtisodiy zona (EIZ) - bu tadbirkorlik va boshqa xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib o'rnatuvchi aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejimdagi suveren mamlakatning ma'lum bir hududidir.

2. Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o‘z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash hududlarda, aeroportlarda, temiryo‘l tugunlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuzilad

3. Rivojlangan mamlakatlarda barpo etilgan eksport ishlab chiqarish zonalari ko'proq ichki bozor uchun ishlasa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday zonalar faoliyati tashqi bozor uchun yonaltirilgan bòladi

4. Ilmiy texnologik zonalar--mazkur hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik

ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar atrofida joylashgan fan sig'imkorligi yuqori bo'lgan, ilm ko'p talab qiladigan firmalar shaklida birlashadi.

5Innovatsion markaz - bu iqtisodiy tarkibi uncha katta bo'lmagan hudud doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo'ljallangan.

6.Ilmiy parklar - bu etarlicha katta hudud bo'lib, unda turli o'lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig'imkorligi yuqori, ilm ko'p talab qiladigan firmalar joylashgan bo'ladi. Ular unchalik katta bo'lmagan ishlab chiqarishni mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari asosida yo'lga qo'yish

imkonini beradi.

7.Tadqiqot parki - bu tarkib doirasida ilmiy-texnik yangiliklar texnik timsol bosqichigacha ishlab chiqiladi. Bunday parklarda kompaniyalar, ilmiy- tadqiqot va konstruktorlik tajriba idoralari birlashadi.

8. Kompleks erkin iqtisodiy zonalar turli funktsiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat

bilan shug'ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funktsiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda yangi ma'muriy- hududiy birlik tashkil etilishi mumkin.

9 Kompleks erkin iqtisodiy zonalar turli funktsiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat

bilan shug'ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funktsiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda yangi ma'muriy- hududiy birlik tashkil etilishi mumkin.

10. Integratsion zonalar - milliy va jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog'langan bo'lib, erkin faoliyat

yuritish tartibiga ega

11. anklav zonalar bu bir mamlakat hududining yoki qismining har taraflama boshqa mamlakat yoki shu mamlakat hududlari bilan o'ralishi

12. Offshor zonalar EIZlardan farqi shundaki, unda ro'yxatdan o'tgan korxona hech qanday ishlab

chiqarish faoliyati bilan shug'ullana olmaydi.

13. Logistika - transport va mol, axborot oqimini yoʻlga qoyadigan, optimalshtiradigan va boshqaradigan soha.

7-MAVZU


1-topshiriq.

Iqtisodiyotning real sektorining belgilari:

Mamlakatni jahon hamjamiyatidagi o‘rnini real sektorning rivojlanish darajasi va raqobatdoshligi belgilaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda real sektorga turlicha ta‘rif beriladi:

1. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo‘lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o‘xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi .

2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi .

3. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o‘sish jarayonlarini birlashtiradigan soha

4. Iqtisodiyotning real sektori – kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o‘rta va yirik korxonalar yig‘indisidir.

Iqtisodiyotning moliyaviy sektori :

Moliyaviy sektor bu – qarz olish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi.

3-topshiriq.

Real sektor korxonalarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari :

- import o‘rnini bosish strategiyasini rivojlantirish;

- tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash;

- ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish.

4-topshiriq.

Iqtisodiyotning real sektorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi salbiy omillar:

• jahonda vujudga kelgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va xomashyo narxining ko‘tarilishi natijasida investitsiya mablag‘larining belgilangan tadbirlarni qoplamasligi;

• xorijiy davlatlardan ajratiladigan kredit limitlarining chegaralanganligi, shuning uchun dasturdagi belgilangan investitsiyalarni o‘zlashtirish masalalarining qayta ko‘rib chiqilishi;

• pudratchilar tomonidan bajariladigan ishni juda qimmat bahoga belgilanishi, ajratiladigan mablag‘lari bu ishlarni qoplamasligi sababli, ishni bajarish uchun mablag‘ni o‘zlashtirilmaganligi va shu kabidir. Yuqoridagi muammolarni hal etishda milliy ishlab chiqaruvchilardan mavjud imkoniyatlarni hisobga

olib, ichki va tashqi omillardan maksimal darajada foydalangan holda faoliyatni tashkil etish talab qilinadi.

5-topshiriq.

Diversifikatsiya- (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. D. i. ch.da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi.

Real sektor iqtisodiyoti-bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo‘lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o‘xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi.

Moliyaviy sektor-qarz olish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi.

Kichik biznes subyektlari-foyda olish maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga qaratilgan xo’jalik faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali izohlanadi:

- tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas’uliyat bilan bog’liq tashabbuskorlik faoliyati demakdir;

- tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladigan resurslardan yanada oqilona foydalanishga qaratiladi;

- tadbirkorlik faoliyati qo’shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina o’zini oqlagan hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining nimani, qanday, kim uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o’z yechimini topadi.

Xususiy tadbirkorlik- kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.

Fermer xo’jaliklari-xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi.

Riskli biznes-Yuqori riskli (venture capital), ya’ni venchurli moliyalashtirish natijalarini noaniqligi, mavhumligi, tahlikaligi, qaltisligi, xavf-xatarliligi yoki riskliligi bilan tavsiflanadi. Bir so’z bilan ifodalaganda, investitsiyalarni moliyalashtirishni risklilik darajasi yuqori bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Bunda qo’ldan keladigan investitsiyalarni kelajakda maqsadlariga erishish imkoniyatlari past bo’lishi, yoki umuman qo’yilayotgan maqsadni qo’lga kiritilishi noaniq bo’lishi, yoki umuman kiritilayotgan kapital yo’qotish imkoniyatlari yuqori ekanligi oldindan noma’lum bo’lishi bilan aniqlanib turadi.

Foyda-tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy

koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi.

Xususiylashtirish-davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy subʼyektlarga oʻtishi jarayoni, xilmaxil mulkchilikni shakllantirish, iqtisodiyotni davlatlashtirishdan qaytish yoʻllaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish X.dan tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham nazarda tutadi.

8-mavzu

1-topshiriq



Davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi – siyosiy omil

Aholining mafkuraviy qarashlari va ularning turlitumanligi- ijtimoiy omil

Ishchi kuchi qiymati—iqtisodiy omil

Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvoli- iqtisodiy-siyosiy omil

Davlat apparatining samarali ish yuritishi—siyosiy omil

Inflyatsiya darajasi- iqtisodiy omil

Soliq imtiyozlari -- siyosiy omil

Yangiliklar va turli xil ixtirolarga aholining munosabati va ularni qabul qilish darajasi - ijtimoiy omil

Mamlakatdagi ekologik vaziyat va hukumatning ekologik sog’lomlashtirish bo’yicha siyosati ko’lami —siyosiy omil

Aholining savodxonlik darajasi - ijtimoiy omil

Mamlakatning geografik

hududiy jihatdan joylashuvi—iqtisodiy omil

Raqobat va bahoning erkinligi-- siyosiy omil

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari—siyosiy omil



2-topshiriq

2.Bugungi kunda O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borishni ta‘minlash ustuvor vazifadir. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi ko‘p miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega: kafolat va imtiyozlarni o‘zida aks ettiruvchi qonun hujjatlari; iqtisodiyotda xususiy sektor va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib borayotganligi, xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitining mavjudligi; zarur investitsiya infratuzilmasining yaratilganligi va rivojlanayotganligi; siyosiy barqarorligi; geografik joylashuvining o‘rta darajadaligi; boy tabiiy mineral xom ashyoga egaligi; qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanganligi; arzon va malakali mehnat resurslarining mavjudligi va boshqalar.

O‘zbekistonda investitsiya iqlimining muhim omillaridan biri xorijiy investorlar uchun moliyaviy-iqtisodiy rag‘batlar va imtiyozlar tizimining holati va amal qilishi hisoblanadi. Bunda mazkur rag‘bat va imtiyozlar ishlab chiqarish sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirishga va asosan, eksport salohiyatini oshirishga qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Qulay investitsiya muhitini rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish beqiyos ahamiyatga ega. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini to‘rt jihatdan olib qarash mumkin, ular: soliq to‘lashdan vaqtinchalik ozod qilish; soliq stavkasini kamaytirish; soliqqa tortiladigan bazani toraytirish; soliq majburiyatini bajarishni kechiktirish (soliq krediti). Qayd qilingan rag‘batlar u yoki bu darajada xorij investitsiyalar ishtirokidagi keng doiradagi korxonalar uchun tatbiq etiladi. Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlarining amal qilishini, shuningdek, investitsiyalarni inson kapitaliga, texnologik o‘sish va texnika bilimlari sohalarini rivojlantirishga, kengaytirishga ham joriy qilish kerak. Bularning barchasi O‘zbekistonda investitsiya muhitini modellashtirish masalasini kun tartibiga qo‘yadi.

Shuningdek, XIIKlarning daromadlarini soliqqa tortishda qo‘llaniladigan soliq imtiyozlarida, birinchidan, bu soliq imtiyozlarining muddati, hajmi, qo‘llanish shart-sharoiti aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi; ikkinchidan, bu engilliklar xorijiy investorlarga yaxshi tanish va tushunarli bo‘lib, kamida besh-o‘n yilga belgilanishi; uchinchidan, soliq imtiyozlari o‘zgarmas va qat‘iy bo‘lishini ta‘minlash lozim. Shundagina bu imtiyozlar o‘z samarasini berishi mumkin.

Soliq imtiyozlarini berishda jahon tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. AQShda korxonalar zarar ko‘rib ishlayotgan davriga soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Bu tajribani O‘zbekistonda ham eng



kerakli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning uchun qat‘iy soliq nazoratini o‘rnatish zarur bo‘ladi.

3-topshiriq

O‘zbekistonda jahon talablariga mos, milliy xususiyatlarga xos investitsiya dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni bajarish lozim bo‘ladi:

– iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni proportsional jalb etishning umumlashgan aniq dasturini ishlab chiqish;

– tarmoq xususiyati va iqtisodiyot rivojiga qarab erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish;

– tarmoqlardagi mas‘ul xodimlarning xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi faolligi va mas‘ulligini oshirish;

– tarmoqlarda aloqa, telekommunikatsiyani rivojlantirish orqali investorlarning erkin va to‘liq axborotlar olishini ta‘minlash.

O‘zbekistonda xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va xorijiy investorlarni respublikaga ko‘proq jalb etish maqsadida ularga uchun qator soliq va bojxona imtiyozlari belgilangan.

Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil xorijlik investorlarning boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni kiritish imkoniyatini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir. O‘zbekistondagi investitsiya muhitining asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda eng barqaror mamlakat ekanligidadir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida amortizatsiya korxonalarning investitsiya faoliyatini rag‘batlantiruvchi bosh omillardan hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan davlatlarda amortizatsiya me‘yori, soliqlar stavkasini tasdiqlash bilan bir vaqtda aniqlanadi. Bunday holatda yetakchi tarmoqlarga investitsiyalarni qo‘yishni rag‘batlantirish maqsadida yuqori amortizatsiya me‘yorlari belgilanadi. Bu tajribani O‘zbekistonda qo‘llash muhimdir, chunki mashina va uskunalarga o‘rtacha amortizatsiya me‘yori bizda 15%ni tashkil etsa, AQShda bu 20-33 %ni, Angliyada 25 %ni tashkil etadi

Soliq imtiyozlarini berishda jahon tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. AQShda korxonalar zarar ko‘rib ishlayotgan davriga soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Bu tajribani O‘zbekistonda ham eng kerakli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning uchun qat‘iy soliq nazoratini o‘rnatish zarur bo‘ladi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, davlat ayrim tizimlarning shakllanishiga, yangi hududlar va ishlab chiqarishning o‘sishida boshlang‘ich manbalarning tashkil etilishiga yoki ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga e‘tibor qaratishi lozim. Shuningdek, davlat hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishda, ularning strategik rivojlanishida ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin kelajakda tez samara bera olmaydigan tarmoqlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

6-topshiriq.

Inflatsiya-pulning qadrsizlanishi.

Inflatsiya darjasi-tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.

BERI indeksi-suveren (mamlakat) xavf ko'rsatkichi.

Biznes-jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.

Konvertatsiyalanadigan valyuta-Valyuta kursini shakllantirish mexanizmi valyutani konvertatsiya qilish, ya'ni boshqa valyutalarga erkin almashish imkoniyati bilan chambarchas bog'liqdir. Konvertatsiya davlat tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda cheklovlarga bog'liq. Joriy hisobvaraq va kapital hisobvarag'i konvertatsiyasi mavjud.

Xorijiy valyuta-tegishli xorijiy mamlakatda muomalaga chiqarilgan va muomaladan chiqarilgan, lekin muomalaga kiritilgan banknotlar, g'aznachilik veksellari, muomaladagi tangalar va qonuniy to'lovlar shaklidagi banknotalar;

Investitsiya salohiyati-bu ma'lum bir sharoitlarda investitsiya resurslarini o'zgartira oladigan moliyaviy resurslarning kombinatsiyasi. ... batafsil - investitsion potentsialning har bir aniqlangan tarkibiy qismlarini indikatorlarning kombinatsiyasi asosida alohida baholash orqali.

Investitsion faollik-asosiy maqsadi foyda olish yoki boshqa foydali samara beradigan biznes turi. Naqd pullar, turli xil qimmatli qog'ozlar, moliyaviy baholanishi kerak bo'lgan mulk investitsiya bo'lishi mumkin. Investitsiyalar kapitalni saqlashga yo'naltirilishi mumkin.

Investitsion risk darajasi-bu investitsiya shartlari to'g'risida noaniqlik holatida kutilmagan moliyaviy yo'qotishlar ehtimoli.



“ICOR” ko’rsatkichi-Kapital ishlab chiqarishning o'sish koeffitsienti (ICOR) iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar darajasi va yalpi ichki mahsulotning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikni tushuntirib beradigan tez-tez ishlatiladigan vositadir. ICOR qo'shimcha ishlab chiqarish birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha kapital yoki investitsiyalarni anglatadi.

“Standart and Poor’s” tashkiloti-McGraw-Hill amerika korporatsiyasining sho''ba korxonasi bo'lib, moliyaviy bozorlarni tahliliy tadqiqotlar bilan shug'ullanadi. Kompaniya asosan Amerikaning S&P 500 fond indeksini yaratuvchisi va muharriri sifatida tanilgan uchta eng nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biridir.
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling