Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


Download 1.26 Mb.
bet26/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

O’simlik fitotsidlari.
O’simliklar o’zidan ko’pgina uchuvchan organik moddalar chiqariladi. Bu moddalar fitontsidlar deb atalib, mikroorganizmlarni o’ldiradi. Fitotsidlar miqdori faslga qarab o’zgarib turadi. Yoz va baxor oylarida ular ayniqsa ko’p ajraladi.
O’simliklar havoda engil ionlar sonini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Masalan: O’rmonlar ustidagi 1m2 havoda 2000-3000, istiroxat bog’larida 800, korxona ustida 200-400, odam zich yashaydigan joylarda 25-100 ta atrofida engil ion bo’lishi aniqlangan. Havoning tozaligi engil ionlar soni ko’pligiga bog’liq.
O’simliklarni shovqin so’ndirishdagi ahamiyati.
Olimlar fikricha ko’cha yuzida o’sadigan oq akatsiya, archa, qarag’ay, terak shahar shovqinini 4,2 db ga, ko’chadan 250 m ichkarida o’sganlari esa 17,5db ga kamaytirishi mumkin ekan. Daraxt qancha zich ekilsa shovqin shuncha kamayadi. Masalan: 3-4 qator qilib ekilganda shovqin kuchini 10 db ga kamaytiradi.
O’simliklarni shamolni to’sishdagi ahamiyati.
O’simliklar azaldan ixota sifatida ishlatib ham kelingan. O’simliklar o’z tanalari bilan shamol kuchini qaytaradilar.
O’simliklar kam shaharlarda tabiiy ifloslanish (chang ko’tarilishi) katta miqdorda va tez-tez yuz berib turadi.
O’simliklarga qo’yiladigan ekologik talablar.
Shahar hududida ekiladigan o’simliklarga albatta ekologik talablar qo’yiladi va kishilar salomatligi uchun bu talblarni quyilishi juda muhim hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasi hududida olib kirilayotgan o’simliklar, o’simlik urug’lari davlat nazorati orqali o’tkazilib, bu o’simliklarni vatani va muhitga chiqarayotgan mexanik va ximiyaviy moddalari aniqlanadi. O’simliklar chiqarayotgan moddalar kishilarda zaharlanish, allergiya reaktsiyalari keltirib chiqarmasa, katta miqdorda mexanik ajratmalar ajratmasa o’simlikni respublika territoriyasida olib kirishga ruxsat beriladi.
O’zbekiston territoriyasida uchraydigan do’lana, yong’oq, jiyda o’simliklari gullash davrida o’zidan juda ko’p miqdorda efir moylari chiqaradi, bu efir moylari kishilarni asab va mushak sistemalariga juda kuchli salbiy tasir qiladi. Masalan: Oleandr gul butasi Toshkent shahrida ko’p ekib yuborilgan. Oleandr chiroyli bo’lishi bilan birga zaharli hamdir. Oleandr zahari gul nektari orqali asalga ham o’tishi mumkin.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling