Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası
Download 1.26 Mb.
|
OMK qq(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashil o’simliklar ozuqa va kislorodni asosiy manbaidir.
Nаzоrаt ushun sаvоllаr:
1. Mаdаniyаt‖ аtаmаsining mа‘nоsi nimа? 2. O’simlik vа dаrахtzоrlаrning еkоlоgik vа sаnitаriyа jihаtidаn аhаmiyаi qаndаy? 3. Еkоlоgik tа‘lim vа tаrbiyа dеgаndа nimаni tushunаsiz? 12-maruza. Shahar va sanoat maydonlarini ko’kalamzorlashtirish. Reja: 1. Yashil o’simliklar ozuqa va kislorodni asosiy manbaidir. 2. İnson xo’jalik faoliyatida o’simliklardan foydalanish va o’simliklar kamayib ketishining salbiy oqibatlari. 3. Manzarali va mevali o’simliklar turlari. 4. O’simliklarga qo’yiladigan ekologik talablar. 5. Shahar atrofidagi ko’kalamzor zonalar. Yashil o’simliklar ozuqa va kislorodni asosiy manbaidir. O’simliklar dunyosi Erdagi xayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd.t. organik moda xosil qiladi, buning 325 mlrd tonna dengiz va okean o’simliklariga, 38 mlrd tonna o’rmonlarga, 6 mlrd tonna o’tloqlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari o’simliklar, yani yashil o’simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro’y beradi. Agar fotosintez bo’lmasa, havodagi SO2 ning miqdori ko’payib, kishilar va hayvonlar nobud bo’lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan SO2 gazi o’simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o’simliklar atrofga kislorod chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Er sharidagi suv 5,8 mln yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi. İnsonning kundalik xayotida o’simliklarning axamiyati juda katta. Chunki o’simliklar muxim tabiiy omil sifatida Er yuzasida suv oqimiga, bug’lanishiga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo’nalishiga, hayvonlarning xayotiga ham tasir etadi. O’simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga tasir etib, havosini tozalab, uni kislorodga boyitib turuvchi sanitarik vazifasini ham bajaradi. O’simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, qayta tiklab turilsa) bexisob oziq-ovqat manbai, qurilish va boshqa soxalar uchun xom-ashyo resursidir. Suv osti o’simliklaridagi moddalar, hayvon go’shti va sutidagi oqsil moddalarning o’rnini ham bosmoqda. Angliyada beda va boshqa o’simliklardan ultratovush tasirida o’simlik oqsili olib, undan sut tayyorlanmoqda. O’simliklar-bu qayta tiklash mumkin bo’lgan tabiiy resurs xisoblanib, Er shari geografik qobig’ida muhim rol o’ynaydi. Chunki o’simliklar sayyoramiz yuzasining go’yoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq xosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va xayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda va inson xayoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi. Er sharida o’simliklar turi juda ko’p bo’lib, ularning juda oz qismidan kishilar xo’jalik faoliyatlarida foydalanilmoqdalar. Er sharida 300 000 o’simlik turi mavjud bulib, 6000 turidan inson kundalik xayotida o’simlik turi mavjud bulib, 6000 turidan inson kundalik xayotida foydalanadi, shundan 1500 turi dorivor o’simliklarga to’g’ri keladi. Er sharida xo’jalik axamiyatga ega dorivor o’simliklar juda ko’p bo’lib, shalfey, etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suv qalampir, qoqi o’t, namatak, itburun, chuchukmiya, isiriq, kovrak, ravoch, yantoq, kovul, suv piyoz, sariq choy, otquloq, bangidevona, qirqbo’g’im, yovvoyi piyoz, zira, pista, bodom, do’lana, olcha, yong’oq, shashir, tog’sag’iz kabilar o’zbekistonda ko’plab o’sadi. Sayyoramizning shimoliy yarim sharida o’rmonlar ko’proq bo’lib, o’rta mintaqada ignabargli o’rmonlar maydonining 95% i keng bargli o’rmonlarning esa 90% i joylashgan. Sayyoramizdagi mavjud o’rmonlar maydonining asosiy qismi, tabiati ancha noqulay bo’lgan tog’li rayonlar xududidadir. Bu esa ulardan foydalanishda noqulaylik keltirib chiqaradi. Shu tufayli hozirgi transport vositalari bilan Er sharidagi o’rmonlar maydonining faqat 62% idan foydalanish mumkin. Yog’och bizning asrimizda universal materialga aylanib, unda xalq xo’jaligini turli soxalarida jumladan, oziq-ovqat etishtirishda, kimyo va yoqilg’i sanoatida, mudofaa maqsadida, madaniy oqartuv ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Agar bundan chorak asr ilgari yog’ochdan 4-5 ming xil narsa tayyorlangan bo’lsa, xozir undan 20 000 ming xil narsalar ishlanmoqda. Masalan: Ximiyaviy yo’l bilan yog’ochdan qog’oz, suniy shoyi va jun, tutunsiz porox, tsellyuloza, fotoplyonkalar, nitrolak, suniy charm, plastmassalar, etil va metil spirti, uksus kislotasi, glyukoza, yonuvchi gaz, suniy gaz, suniy kauchuk va yana juda ko’p muhim narsalar olinadi. O’simliklarning xususan, o’rmonlar maydonining qisqarishi va va xolatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog’liqdir. İbtidoiy jamiyatda kishilar o’zi uchun zarur bo’lgan narsalarni bir qismini o’simliklardan olib, tabiatni qisman o’zgarishiga sababchi bo’lganlar. Feodalizm va kapitalizm davrida o’rmonlar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg’i sifatida, qurilishda va kema sanoatida foydalanilishi tufayli o’rmonlar maydoni keskin qisqardi. Ayniqsa er sharining aholi zich yashaydigan rayonlarida o’rmonlarning deyarli hammasi 9\10 qismi yo’k qilingan. Natijada territoriyalar tuprog’ining 78% i eroziyaga uchragan. O’rmonlarni plansiz, tartibsiz kesilishi o’z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo’ldi va insonning xo’jalik faoliyati uchun quyidagi salbiy oqibatlarni vujudga kelish jarayonini tezlashtirdi: Tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko’llarning rejimi o’zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari tez-tez bo’ladigan bo’lib qoldi, mikroiqlimga tasir etdi, cho’llarda ko’chma-qumlar maydoni kengaydi va xokazo. Tarixdan malumki, qadimgi gullagan Amudaryo va Zarafshon vodiysining quyi qismlardagi bir necha yuz ming gektar xosildor erlar hozir qum tagida qolgan. Buning asosiy sababi arab, mug’ul istilochilarini qirg’in keltiruvchi urushlari natijasida kishilar o’z joylarini tark etdilar, bog’lar, daraxtlar, o’rmonlar yo’k qilingan. Bu esa qum ko’chishiga va voxani bosib ketishiga sababchi bo’lgan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling