Mmt 95-2 gurux talabasi Yusuov Farrux 24 variant
Download 171.5 Kb.
|
Оралиқ назорат саволлари макро1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmasidagi muvozanat
AD = S + I + G + Xn.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin (9-chizma). 9-chizmadan ko’rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi. Baho omillarining ta’siri AD va AS egri chiziqlarining kuesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak. Modlelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko’rib chiqamiz (11-chizma). Dastlab muvozanat e nuqtasida o’rnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini ko’rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmasidagi muvozanat Baholar darajasi P1 bo’lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y 1 miqdoridan oshirmaydi. Iste’molchilar baholar darajasi P1 bo’lganda mahsulotlarni Y 2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y 1 dan Y e gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir. 12-chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o’zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling