Mmt 95-2 gurux talabasi Yusuov Farrux 24 variant


Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Download 171.5 Kb.
bet6/6
Sana04.05.2023
Hajmi171.5 Kb.
#1425622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Оралиқ назорат саволлари макро1

Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati

Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, ASYuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o’zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat baholar darajasi o’zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat baholar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zgarmay qoladi.

Yalpi taklif o’zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri.

Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.


Yalpi taklif o’zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajalariga ta’sirini 13-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig’i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.


* Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157.

Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling