Mmt 95-2 gurux talabasi Yusuov Farrux 24 variant
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan. Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: I = I
Download 171.5 Kb.
|
Оралиқ назорат саволлари макро1
- Bu sahifa navigatsiya:
- I = e - dR + γY
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: I = Ireja+ γY bu erda: Δ I It –I t-1 γ = ----------- = ------------------ Δ Y Yt - Yt-1 Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin: I = e - dR + γY YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo’sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o’sishiga olib keldi . 3 Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o’rtasidagi nisbatga bog’liq bo’lib, ular hajmlarining o’zgarishi baholarning o’zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o’zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko’rsatadi. Bunday o’zaro bog’liqlik umumlashtirilgan holda ko’rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog’liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo’lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun bazaviy model bo’lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. Yalpi talab – uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin: Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling