Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Tarmoqdan foydalanishning yolg’on nuqtalari


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/55
Sana03.12.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1799394
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Tarmoqdan foydalanishning yolg’on nuqtalari. Tajribali hujum 
qiluvchi tarmoq resurslarini imitatsiya qilish bilan foydalanishning yolg’on 
nuqtalarini tashkil etishi mumkin. Abonentlar, hech shubhalanmasdan 
foydalanishning ushbu yolg’on nuqtasiga murojaat etadilar va uni o’zining 
muhim rekvizitlaridan, masalan, autentifikatsiya axborotidan xabardor 
qiladilar. Hujumning bu xili tarmoqdan foydalanishning haqiqiy nuqtasini 
"bo’g’ish" maqsadida ba’zida to’g’ridan-to’g’ri bo’g’ish bilan birgalikda 
amalga oshiriladi (5.6-rasm). 
Simli tarmoqdan foydalanuvchilar ham, bilmasdan tarmoqni 
hujumga ochib berib foydalanishning yolg'on nuqtalarining o’rnatilishiga 
sababchi bo’lishlari mumkin. Ba’zida foydalanuvchi, qulaylikka intilib, 
simsiz aloqa taqdim etuvchi foydalanishning simsiz nuqtalarini o’rnatadi, 
ammo xavfsizlik muammosini o’ylamaydi. Bu nuqtalar simli tarmoqqa 
kirish uchun "orqa eshik" vazifasini bajarishi mumkin, chunki ular turli 
hujumlarga duchor bo’ladigan konfiguratsiyada o’rnatiladi. 
Hujumlarnnng anonimligi. Simsiz foydalanish hujumning to’liq 
anonimligini ta’minlaydi. O’rnatilgan joyni aniqlovchi mos tarmoq asbob-
uskunasi bo’lmasa, hujum qiluvchi anonimlikni osongina saqlashi va 
simsiz tarmoq ta’siri hududidagi har qanday joyda bekinishi mumkin. 
Bunday holda niyati buzuqni tutish qiyin, ishni sudga oshirish esa undan 
ham qiyin. 
Hujum qiluvchi 
SSH-server 
Xavfsiz bo‘lmagan tarmoq 
Internet/simsiz LAN 
Foydalanuvchi 


66 
5.6-rasm. Foydalanishning yolg’on nuqtasi 
Ta’kidlash lozimki, aksariyat firibgarlar tarmoqni, ularning ichki 
resurslariga hujum qilish uchun emas, balki Internetdan tekin anonim 
foydalanish uchun o’rganadilar va Internet himoyasida boshqa 
tarmoqlarni hujumlaydilar. 

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling