«mobil energetika va gaz dinamikasi» mustaqil ish


Fenomenologik nuqtai nazardan tutash muhit mexanikasi quyidagi uchta gipoteza asosida quriladi


Download 1 Mb.
bet7/8
Sana06.11.2023
Hajmi1 Mb.
#1752727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 1-LectuteoffluidandgazmechanicsA.Abdirashidov

Fenomenologik nuqtai nazardan tutash muhit mexanikasi quyidagi uchta gipoteza asosida quriladi:
  • moddiy kontinium tushunchasi bilan bog‘liq tutashlik gipotezasi;
  • koordinata boshiga nisbatan nuqtaning holatini ifodalovchi koordinatalar deb ataluvchi sonlar bilan bir qiymatli beriladigan cheksiz ko‘p nuqtalar to‘plamidan iborat fazo tushunchasi bilan bo‘g‘liq gipoteza (deformatsiyalanuvchi muhit harakati qaraladigan fazo Evklid fazosi deb faraz qilinadi;
  • fazoning o‘lchovi shu fazodagi nuqtaning holatini aniqlovchi koordinatalar sonidan bog‘liq); absolyut vaqt gipotezasi (deformatsiyalanuvchi muqit harakati qaralayotgan tanlangan sanoq sistemasidan bog‘liq bo‘lmagan holda vaqt bir xil kechadi).

  • Suyuqlik va gaz mexanikasi fani chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lgan gidromexanika (gidravlika) va nisbatan yosh gaz dinamikasi va aeromexanika kabi fanlarning muhim yutuqlariga tayangan va ularni birlashtirgan holda bugungi holatiga keldi.
    Suyuqliklar mexanikasini o‘rganishga amaliy qiziqishning ob’yektiv sabablari:
  • tabiatda juda katta suyuqlik zahirasi majud va hamma vaqt inson unga yengil erisha oladi;
  • suyuq jismlar insonning amaliy faoliyatida qulay «yollanma ishchi» sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan bir qator foydali xossalarga ega;
  • hayot uchun muhim bo‘lgan bir qator ximik almashinuv reaksiyalar aynan suyuq fazada (ko‘prog suvli eritmalarda) yuz beradi.

19
SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI
1.1.3. Fanning dastlabki manbalari
Inson o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq suyuqliklarga qiziqqan.
O‘sha davrlarda suv va havo (ya’ni suyuqlik va gaz) tabiat hodisalarining asosiy sababchisi deb qaralgan.
Qadimda insonlar o‘zlarining suv va havo bilan bog‘liq ko‘plab amaliy masalalarini muvaffaqiyatli yechishganlar.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida taxminan eramizdan 5000 yilcha avval Misr va Xitoyda, keyinchalik qadimgi dunyoning boshqa davlatlari: Suriya, Vavilon, Yunoniston, Rim, Hindiston, Yaqin va O‘rta sharqda har xil gidravlik inshootlar qurilmalari: kanallar, suv to‘g‘onlar, suv charxpalaklarini ifodalovchi rasmlar (dastlabki chizmalar) topilganligi buni tasdiqlaydi. Aslida bu inshootlarning hech qanday hisobi bajarilmagan, ular o‘sha zamon ustalarining amaliy ko‘nikmalari va san’atlari asosida barpo etilgan.
Gidravlik masalalarni yechishga daslab ilmiy yondashgan Yunon olimi Arximed (287-212)
bo’lib, uning «Suzuvchi jismlar haqida» nomli dastlabki qo‘lyozmasi yozilgan.
20
SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI
1.1.3. Fanning dastlabki manbalari
Kariz
Charxpalak
Shahar suv ta’minoti tizimi
Yopiq suv havzasi
Arximed qonuni
Eramizning XV-XVII asrlari, ya’ni tiklanish yoki tarixchilar aytganidek Renessans davdi olimlari gidravlika (suyuqlik va gaz mexanikasi)ning fan sifatida rivojlanishiga poydevor yaratdilar :
  • Leonardo da Vinchi (1548-1620) – jismlarning suzishi, suyuqliklarning quvur va kanallarda oqishi,
  • Galileo Galiley (1564-1642) – suyuqlik muvozanati va harakatining asosiy tamoyillari,
  • Evanjelist Torrichelli (1604-1647) – siqilmaydigan suyuqliklarning idish teshigidan oqib chiqish qonuni va undan oqib chiqayotgan suyuqlikning tezligi formulasi,
  • Blez Paskal (1623-1727) – suyuqlikda bosim uzatilishi (gidrostatik bosimning ikkinchi xossasi),
  • Isaak Nyuton (1643-1727) – mexanikaning asosiy qonunlari, butun olam tortishish qonuni, suyuqliklarning harakatida ichki ishqalanish qonuni.
  • Golland olimi Simon Stevin (1548-1620) 1586 yilda «Gidrostatika asoslari» nomli asarini chop etdi.

21
SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI
1.1.4. Fanning yuzaga kelish tarixi
1.1.4. Fanning yuzaga kelish tarixi
Arximed
287 - 212 e.a.
Leonardo da Vinchi
1452 - 1519
Isaak Nyuton
1642 - 1726
Galileo Galiley
1564 - 1642
Evanjelis
Torrichelli
1608 - 1647
Blez Pascal
1623 - 1662
Simon Stevin
1545 - 1620
22
1.1.4. Fanning yuzaga kelish tarixi
L.P.Euler
1707 - 1783
D.I.Bernoulli
1700–1782
M.V.Lomonosov 1711–1765
A.Shezi
1718 - 1798
J.Sh.Borda
1733 - 1799
Anri Pito
1695 - 1771
P.Dyubua
1734 - 1809
G.B.Venturi 1746-1822
D.Poleni 1685-1761
Yu. Veysbax 1806-1871
O.Reynolds 1842-1912
A.Darsi 1803-1858
XVIII-XIX asrlar olimlari suyuqlik va gaz mexanikasi fanining mustahkam poydevorini yaratdilar:
  • D.I.Bernulli (1700–1782) – ideal suyuqlikda solishtirma energiya zahirasi tenglamasi tuzdi,
  • Leonard Pavlovich Eyler (1707–1783) – suyuqlikning muvozanat va harakat differensial tenglamasi,
  • M.V. Lomonosov (1711–1765) – energiyaning saqlanish qonuni yaratdi,
  • A.Shezi (1718-1798), J.Sh Borda (1733-1799), А.Pito (1695-1771) - mahalliy qarshiliklarga oid bir qator masalalarni yechdi,
  • Fransiyalik P.Dyubua (1734-1809) «Gidravlika asoslari» nomli kitobi bilan mashhur bo‘lgan.
  • Italiyalik olimlar G.B.Venturi (1746-1822) va D.Poleni (1685-1761) – suyuqlikning teshikdan, nasadkadan va oqova novidan oqishi o’rgandi,
  • A.Shezi (1718-1798) va А.Bazen (1829-1897) – suyuqlikning tekis harakati o’rgandi,
  • Yu. Veysbax (1806-1871) va P.Dyubua (1734-1809) – suyuqlik oqimida qarshilikni o’rgandi,
  • Ingliz fizik olimi O.Reynolds (1842-1912) – laminar va turbulent oqimlarni o‘rgangan.
  • A.F.G.Darsi - g’ovak muhitlarda suyuqlik va gazlarning filtratsiyasi qonunini yaratdi.

22
Xulosa
Inson o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq suyuqliklarga qiziqqan.O‘sha davrlarda suv va havo (ya’ni suyuqlik va gaz) tabiat hodisalarining asosiy sababchisi deb qaralgan.Qadimda insonlar o‘zlarining suv va havo bilan bog‘liq ko‘plab amaliy masalalarini muvaffaqiyatli yechishganlar.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling