«mobil energetika va gaz dinamikasi» mustaqil ish


Suyuqlikning eng muhim mexanik xarakteristikalari


Download 1 Mb.
bet4/8
Sana06.11.2023
Hajmi1 Mb.
#1752727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 1-LectuteoffluidandgazmechanicsA.Abdirashidov

Suyuqlikning eng muhim mexanik xarakteristikalari - bu uning zichligi, solishtirma og‘irligi va qovushoqligi.
Suyuqliklar ikki ko‘rinishda bo‘ladi: tomchili suyuqliklar; gazsimon suyuqliklar.
Tomchili suyuqliklar - bu odatdagi umumiy suyuqlik deb ataluvchi tushuncha bilan ifodalanuvchi suv, neft, kerosin, yog‘ va hokazo moddalar.
Gazsimon suyuqliklar - bu odatdagi gazsimon moddalar: havo, kislorod, azot, propan va hokazo.
Suyuqlik va gaz mexanikasida «suyuqlik» tushunchasi kengroq ma’noda ishlatiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tovush tezligiga yaqin va undan pastroq tezliklarda gazlar o‘zini siqilmaydigan suyuqlikdek tutadi, tomchili suyuqliklar (masalan, suv) katta bosimlarda o‘zini siqiluvchan suyuqlikdek tutadi.
Suyuqlik deganda kam siqiluvchan tomchili suyuqliklar tushuniladi.
Osongina siqiluvchan suyuqliklar deganda gazlar tuchuniladi.
Ingliz tilidagi «Fluid» so‘zi ham suyuqlik, ham gaz ma’nosini anglatadi.
14
SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI
1.1.2. Fanning mexanikadagi o’rni
Suyuqlik va gazlarning, qattiq jismlardan farqli har xil asosiy belgilari:
  • Tutash muhitlar mavjud uch turdagi kuchlar (siquvchi; cho‘zuvchi; urinma) ta’sirida mos ikki turda deformatsiyalanadi: siqiladi (yoki cho‘ziladi); siljiydi.
  • Qattiq jismlar oddiy sharoitda o‘z shaklini saqlab turadi, suyuqlik va gazlar esa ularni o‘rab turgan idish shaklidagina tura oladi.
  • suyuqlik va gazlarning tashqi kuchlarga qarshiligi juda kam, ya’ni ular juda ham oson deformatsiyalanuvchan yoki qo‘zg‘aluvchan (oquvchan).
  • Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, suv, neft va boshqa moddalar suyuqliklar deb atalib, ular: siquvchi kuchlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi; uzilishga (cho‘zuvchi kuchlarga), aksincha, deyarli qarshilik ko‘rsatmaydi; urinma kuchlarga (ya’ni zarrachalarning bir biriga nisbatan siljishiga) esa siljish tezligiga qarab har xil qarshilik ko‘rsatadi. Bu tezlik qancha katta bo‘lsa qarshilik ham shuncha katta bo‘ladi. Gazlar ham xuddi shunday xossalarga ega.
  • Suyuqliklar siqilishda o‘z hajmini juda ham kam o‘zgartiradi, gazlar esa Boyl-Mariot qonuniga bo‘ysungan holda ancha sezilarli siqiladi. Qattiq jismlar uchala xil zo‘riqishlarga (siqilish; cho‘zilish; siljish) yetarlicha qarshilik ko‘rsata oladi.
  • Suyuqlik tinch turganda yoki absolyut qattiq jismdek harakat qilayotganda unda urinma kuchlanishlar bo‘lmaydi va faqatgina normal kuchlanishlar kuzatiladi. Kuzatilayotgan suyuqlikdagi normal kuchlanishlar asosan siquvchi kuchlanishlardir, ammo cho‘zuvchi emas. Gazlarda esa cho‘zuvchi kuchlanishlar umuman kuzatilmaydi. Real tomchili suyuqliklarda cho‘zish kuchlanishi qisman va juda kam miqdorda kuzatilishi mumkin, ya’ni suyuqlikning uzilishdagi mustahkamligi qattiq jismlarga nisbatan juda kichik bo‘ladi. Agar suyuqlik aralashmalardan iborat bo‘lsa, u holda uning mustahkamligi keskin kamayadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling