Mobil operatsion tizimlarning rivojlanish tarixi, Android operatsion tizimlari


Download 1.08 Mb.
Sana26.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1232085
Bog'liq
Android theme 1

Mobil operatsion tizimlarning rivojlanish tarixi, Android operatsion tizimlari.

1. Mobil OS tarixi


2. Android OS.
3. Mobil aloqa ishlash tamoili.

Mobil OS tarixi

  • 30 yildan ortiq vaqt mobaynida mobil operatsion tizimlar (OT) oddiy yordamchi dasturlarning (kontaktlar, noutbuk, kalkulyator va boshqalar) ishlashi uchun moʻljallangan oddiy hisoblash muhitidan ixtisoslashtirilgan biznes ilovalari va koʻngilochar dasturlarning toʻliq ishlashini taʼminlaydigan kuchli kompleksga aylandi. Bugungi kunda mobil operatsion tizimlar yuqori aniqlikdagi videolarni suratga olish, tahrirlash va ko‘rish, 3D o‘yinlar o‘ynash, sun’iy intellekt kabi texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

Mobil OS tarixi

  • Birinchi to'laqonli mobil operatsion tizimni 1988 yilda Psion PLC asoschisi, ingliz professori Devid Potter tomonidan ishlab chiqilgan EPOC16 (kod nomi SIBO - SIxteen Bit Organizer yoki SIxteen Bit Operating system) hisoblanadi . Mazkur OS C tilida yozilgan 16 bitli tizim, Psion MC200, Psion 3 va undan keyingi noutbuklar va qo‘l qurilmalarida qo‘llanilgan. EPOC16 taqvim (uchrashuvlar, vazifalar, ovozli eslatmalar, tug'ilgan kunlar haqida eslatmalar), manzillar kitobi uchun ma'lumotlar bazasi, matn muharriri, budilnik, kalkulyator, fayl boshqaruvchisi va boshqa dasturlarni o'z ichiga olgan.

iOS

  • iOS — amerikalik muhandis Steve Jobs tomonidan ishlab chiqarilgan mobil aloqa operatsion sistemasi. iOS Applening iPhoneiPodiPadApple TV uskunalarida oʻrnatilgan operatsion sistema sanaladi. iOS multitach (koʻp belgi sezuvchanlik) xususiyati va tezkorligi bilan boshqa mobil aloqa operatsion sistemalardan yaqqol ajralib turadi. iOSning birinchi versiyasi 9-yanvar 2007-yilda Macworld Conference & Expo koʻrgazmasida taqdim etildi. iOSga oʻyin yoki dasturlar ilovalari onlayn-doʻkon App Store dasturi orqali koʻchirib olish bilan amalga oshirish mumkin. App Storedagi ilovalar soni hozirga kelib 130 milliondan oshdi va yuklashlar soni esa 70 milliarddan oshib ketdi.

Android OS

  • Android operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to‘plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug‘ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.

Android OS

  • Android — Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari, qo‘l soatlari, netbooklar va smartbooklar uchunportativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab bular Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Android OS

  • 2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 70 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT asosida birinchi smartfoni Yangiliklar kiritilishi tarixi 2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so‘ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo‘ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, smartfonlar boshqa ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android asosida qurilma ishlab chiqarish istagi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tusha boshladi. Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimini boshqa qurilmalarga ham o‘rnata boshladilar.

Android OS

Android OS

O’zbekistonda asosan GSM va CDMA standartlaridan foydalaniladi.

  • O’zbekistonda asosan GSM va CDMA standartlaridan foydalaniladi.
  • GSM(global system for mobiles) 900-1800 MGs
  • CDMA (Code Division Multiple Access) 450-900 MGs

Mobil aloqa ishlash tamoili.
BSC
TCE
MSC
VLR
HLR
Bazaviy stansiya tizimi
Kommutatsiya tizimi
PSTN
BSC - base station control
MSC - mobile switching center
VLR - visitors location register
HLR - home location register
PSTN – public switched telephone network

E’tiboringiz uchun rahmat!

  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling