Modal mantiqning shakllanishining, asosiy prinsplari Modallik turlari va modal mulohazalar


Download 23.26 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi23.26 Kb.
#1108875
Bog'liq
MODAL MANTIQNING SHAKLLANISHINING, ASOSIY PRINSPLARI



Modal mantiqning shakllanishining, asosiy prinsplari
3.Modallik turlari va modal mulohazalar
Atributiv va munosabat mulohazalari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab mulohazalari assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqelik mulohazalar deyiladi. Ularda predikatda ko’rsatilgan belgining subyektda bor yoki yo’qligi haqida fikr bildiriladi. Modal mulohazalarda esa predikatning subyektga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qat‘iy, kuchli (zaruriy) yoki qat‘iy bo’lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal mulohazalarda subyekt va predikatning o’zaro munosabati haqida muayyan nuqtai nazardan fikr bildiriladi. Masalan, Inson abadiy yashamaydi assertorik mulohazai Inson abadiy yashashi mumkin emas, deb bayon qilinganda modal mulohaza ko’rinishida ifodalanadi. Bu mulohaza avvalgisiga nisbatan kuchli. ―Ukam ingliz tilini o’rganadi mulohazasiga nisbatan Ukam ingliz tilini o’rganishi mumkin mulohazasi kuchsiz tasdiq mulohaza hisoblanadi. Bu mulohazalardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal mulohazadir. Assertorik (voqelik) mulohazalarga shart, zarur, mumkin kabi modal so’zlar (operatorlar)ni kiritish orqali modal mulohazalar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi. Modal mulohazalarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal mulohazalarda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi: « A» – A zaruriydir. «  A» – A tasodifiydir. 104 «  A» – A bo’lishi mumkin. « A» – A bo’lishi mumkin emas. Ba‘zan ―Lp – ―p zaruriydir, ―Mp – ―p bo’lishi mumkin belgilaridan ham foydalaniladi. Zaruriy modal mulohazalar turli fanlarga oid qonunlar, shu jumladan, mantiq qonunlari va ulardan kelib chiqadigan holatlarni ifodalaydi. Masalan, Butun bo’lakdan katta, Har bir fuqaro qonunlarga bo’ysunishi shart. Qonunlarga zid bo’lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holatlarni inkor etuvchi mulohazalar ehtimoliy mulohazalar deyiladi. Masalan, Simob daryosining bo’lishi mumkin emas. Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo’lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan mulohazalar tasodifiy mulohazalar deyiladi. Masalan, ba‘zi hududlarda dengiz ko’pigining toshqini bo’lishi tasodifiydir. Ehtimollik mulohazalari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo’lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan, Marsda hayot bo’lishi mumkin. Modal mulohazalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin. Modal mulohazalar modal mantiqda o’rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik (majburiy), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi mulohazalar tahlil qilingan. Aletik modal so’zlar subyekt va predikat o’rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o’z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy). Epistemik modal mulohazalar tarkibida ―ishonadi (―hisoblaydi), ―shubhalanadi, ―rad etadi, ―biladi, ―isbotlanadigan, ―rad etiladigan, ―hal qilib bo’lmaydigan kabi modal operatorlar bo’ladigan mulohazalardir. Epistemik modal mulohazalar epistemik mantiqda o’rganiladi. Ma‘lumki, bilim ishonch-e‘tiqoddan farq qiladi. Bilim hamma vaqt chin bo’ladi. Ishonch-e‘tiqod esa chin yoki soxta (yolg’on) bo’lishi mumkin. Shu asosda epistemik mantiq ikki turga ajratiladi: bilim mantig’i va e‘tiqod mantig’i. Bular bir-biridan dastlabki tushunchalari va qonunlari bilan farq qiladi. Bilim mantig’i birinchi marotaba avstriyalik matematik va mantiqshunos olim K.Gyodel (1906-1978y.) tomonidan ishlab chiqilgan. Bilim mantig’ida ―isbotlanadigan – boshlang’ich tushuncha bo’lib, uning qonunlari quyidagicha: 105 – agar fikr isbotlanadigan bo’lsa, u chindir (faqat haqiqatni isbotlash mumkin, yolg’onni chin deb isbotlab bo’lmaydi); – isbotlanadigan holatning mantiqiy natijasi (oqibati) ham isbotlanadigan bo’ladi; – agar nimadir isbotlanadigan bo’lsa, uning isbotlanadigan ekanligi ham isbotlanarlidir; – mantiqiy ziddiyatni isbotlab bo’lmaydi va h.k. Bilim mantig’iga haqiqat mantig’i misol bo’la oladi. Uning qonunlari quyidagicha: – agar fikr chin bo’lsa, uning inkorining ham chinligi noto’g’ridir; – konyuksiya tarkibidagi har ikki mulohaza chin bo’lganda, u chin bo’ladi. E‘tiqod mantig’ining boshlang’ich tushunchasi ―ishonadi (―hisoblaydi) bo’lib, ushbu tushuncha orqali ―shubhalanadi va ―rad etadi tushunchalari aniqlanadi: – subyekt nimadandir shubhalanar ekan, unda u shu narsaga ham, uning ziddiga ham ishonmaydi; – subyekt nimanidir rad etar ekan, unda shu narsaning ziddiga ishonadi. Quyidagi holatlar ishonch mantig’ining qonunlaridir: – subyekt birinchi va ikkinchisiga ishonadi, agar faqat birinchisiga va ikkinchisiga ishonsa; – bir vaqtning o’zida ham ishonish, ham shubhalanish; ishonch hosil qilish va rad etish; shubhalanish va rad etish mumkin emas; – subyekt nimaningdir shunday ekanligiga yo ishonadi, yo shubhalanadi, yoki uni rad etadi; – bir vaqtning o’zida nimagadir va uning ziddi bo’lgan narsaga ishonish mumkin emas. ―Biladi, ―chin, ―isbotlanadi tushunchalariga nisbatan, ma‘lum bo’lgan narsaning mantiqiy natijasi ham ma‘lumdir, chinniki – chindir, isbotlanadiganniki – isbotlanadigandir. Xuddi shu prinsipni ―ishonadi tushunchasiga nisbatan qo’llab bo’lmaydi, chunki bu holat ―hamma narsadan xabardorlik deb nomlangan mantiqiy paradoksni keltirib chiqaradi. Mas., agar kimdir Evklid geometriyasining beshta postulatiga ishonsa, unda uning geometriyasiga ham to’liq ishongan bo’ladi. Lekin, bunday emas. Postulatlarga ishongani bilan, u odam Pifagor teoremasini bilmasligi va uning to’g’riligiga shubha qilishi mumkin. Aksiologik modal mulohazalarda obyekt muayyan qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Alohida obyektning aksiologik 106 mavqei, baholovchi mulohazalarda, odatda, ―yaxshi, ―yomon, ―baribir (farqi yo’q) kabi mutlaq (absolyut) baholovchi tushunchalar yoki ―yaxshiroq, ―yomonroq, ―bir xil kabi qiyosiy baholovchi tushunchalar orqali ifodalanadi. Mas. ―Uning shaxmat o’ynashni bilgani yaxshi bo’ldi, ―Nozima ingliz tilini rus tiliga nisbatan yaxshiroq biladi. Ba‘zan ―yaxshi, ―yomon so’zlari o’rniga ―ijobiy, ―salbiy yoki ―ezgulikdir, ―yovuzlikdir so’zlari, ―yaxshiroq so’zi o’rniga esa ―afzalroq, ma‘qulroq so’zlari ishlatiladi. Baholovchi mulohazalarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu tushunchalar baholash mantig’ida o’rganiladi. Vaqt modalligini ifodalovchi mulohazalarda ―kecha, ―bugun, ―ertaga, ―avval, ―keyin kabi vaqtni ifodalovchi modal operatorlar ishtirok etadi. Bunday mulohazalar vaqt mantig’ida o’rganiladi.Vaqt mantig„i – zamonaviy modal mantiqning bo’limlaridan biri bo’lib, mulohazalardagi vaqt parametrining mantiqiy bog’liqligini o’rganadi. Vaqt mantig’ini o’rganish XX asrning 50-yillarida ingliz mantiqshunos olimi A.N.Prayorning ishlaridan boshlandi. Vaqt mantig’ining vazifasi vaqtda mavjud bo’lgan predmet va hodisalar haqidagi mulohazalarning yanada aniq, to’liq va to’g’ri bo’lishini ta‘minlovchi formallashgan tilni yaratishdan iborat. Vaqt mantig’i ko’plab mantiqiy sistemalarni o’z ichiga oladi. Ular A-vaqt modalligi va B-vaqt modalligiga bo’linadi. A – vaqt modalligida ―bo’ladi, ―bo’lgan, ―har doim bo’ladi, ―har doim bo’lgan va b. mulohazalar ko’rib chiqiladi. ―Bo’ladi (―bo’lgan) va ―har doim bo’ladi (―har doim bo’lgan) tushunchalar o’zaro aniqlanadi. ―A bo’ladi (A bo’lgan) tushunchasi ―har doim A bo’lmasligi noto’g’ri (har doim A emas bo’lganligi noto’g’ri). Masalan, ―Sovuq bo’ladi mulohazasi ―har doim issiq bo’lishi noto’g’ri ekanligini bildiradi. Quyidagi mulohazalar A-vaqt modalligi qonunlarini ifodalaydi: – har doim bo’ladigan narsa bo’ladi; har doim bo’lgan narsa bo’lgandir (―To’rt fasl doimo almashib turgan va shunday bo’ladi); – ziddiyatli hodisaning bo’lishi yoki bo’lganligi noto’g’ridir (―Ham yorug’, ham yorug’ emas bo’lganligi noto’g’ri); – agar nimadir bo’ladigan bo’lsa, u bo’ladi. (―Agar yaxshilikka yaxshilik qaytadigan bo’lsa, unda yaxshilik bo’ladi); – agar har doim bo’lganligi noto’g’ri bo’lsa, nimadir har doim bo’lmaydigan bo’lsa, unda u hozir bo’lmoqda (―Har kuni momaqaldiroq bo’lishi yoki bo’lmasligi noto’g’ri, u hozir bo’lmoqda); 107 – nimadir bo’lgan bo’lsa, bo’ladi (agar va faqat agar u hozir bor bo’lsa, yoki endi bo’lsa yoki bo’lgan bo’lsa) (―Avval zilzila bo’lgani uchun, zilzila bo’lishi mumkin); – doimo nimadir bo’ladigan bo’lsa, har doim bo’lgan, faqat agar u bor bo’lsa, doim bo’lgan va bo’ladigan bo’lsa. (―Inson doimo orzu qilgan va har doim orzu qiladi); Fin faylasufi va mantiqshunosi G.X.fon Vrigt (1916-2003y.) A-vaqt mantig’ini ―...va undan so’ng, ―...va keyingi holatda ifodalarini qo’llash orqali shakllantiradi. ―A va undan so’ng B ifodasini ―Hozir A, so’ngra B bo’ladi deb, shuningdek, ―A o’zgarib B ga o’tadi deb tushunish mumkin. Vaqt modalligining terminlarida ―zaruriylik va ―imkoniylik modal tushunchalarini aniqlash mumkin: – doimo bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan narsa zaruriydir: – nimadir bo’lgan bo’lsa, yoki bo’layotgan bo’lsa yoki endi bo’lsa, uning bo’lishi imkoniydir. B-vaqt mantig’ida ―avval, ―keyin, ―bir vaqtda iboralari qo’llaniladi. ―Avval va ―keyin iboralari bir-birini aniqlaydi: ―A B dan avval degani ―B A dan keyin ekanligini bildiradi. Bir vaqtda bo’ladigan hodisalarning hech biri boshqasidan avval kelmaydi. B-vaqt mantig’ida quyidagi holatlar qonun hisoblanadi: – hech bir narsa o’z-o’zidan avval emas; – agar birinchisi ikkinchisidan avval bo’lsa, ikkinchisining birinchisidan avvalligi noto’g’ri; – agar birinchisi ikkinchisidan avval bo’lsa, ikkinchisi uchinchisi bilan bir vaqtda bo’lsa, unda birinchisi uchinchisidan avvaldir. ―Avval tushunchasini ―bo’lgan, ―bo’layapti, ―bo’ladi tushunchalari orqali aniqlab bo’lmaydi, chunki biri-ikkinchisidan avval bo’lgan yoki bo’ladigan hodisalar ikkita bo’lishi mumkin. O’z navbatida, ―hozirni ifodalovchi vaqt tushunchalari ―avvalni bildirmaydi. Shunday qilib, A-vaqt modalligi va B vaqt modalligi bir-biridan mustaqil bo’lgan, birini ikkinchisiga keltirib bo’lmaydigan alohida tarmoqlardir. Vaqtni ifodalovchi ―o’tmish-hozir-kelajak va ―avval – bir vaqtda - keyin tushunchalarini bir-biriga keltirib bo’lmaydi. Ular bir xil buyum va hodisalarni tasvirlashning bir-birini to’ldiruvchi ikki usuli, olamga bo’lgan ikki xil nuqtai nazardir. 108 Me‟yoriy mulohazalar, ya‟ni normativ mulohazalar buyruq, qonun, qoidani ifoda etadi. Norma, ya‘ni me‘yoriy qonun huquqshunoslik, etika kabi fanlarning ham o’rganish obyektidir. Me‘yoriy qonun amaliy faoliyatning normalar sistemasi nuqtai nazaridan xarakteristikasi bo’lib, inson faoliyatining normativ mavqei ―majbur, ―mumkin, ―befarq, ―taqiqlangan kabi modal tushunchalarni o’z ichiga olgan mulohazalarda ifodalanadi. Mas., ―Keksalarga g’amho’rlik qilish shart. ―Jamoat joylarida chekish taqiqlanadi. Me‘yoriy qonun modal mantiqning yo’nalishlaridan biri bo’lgan normalar mantig’i yoki deontik mantiqda o’rganiladi. Deontik mantiq normativ tilning mantiqiy tuzilishini o’rganuvchi modal mantiqning yo’nalishi; normativ tushunchalar haqidagi ta‘limotdir. Deontik mantiq mantiqdagi ―majbur, ―mumkin, ―befarq, ―taqiqlangan kabi modal tushunchalarning funksiyalarini o’rganadi. Deontik mantiq buyruq formasidagi ifodalarni, normalarni o’rganadi. Normalarni mantiqiy nazariya vositalari orqali modellashtirishda normalar va uning elementlari o’rtasida o’rnatiladigan munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Normalarning strukturaviy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Normalarning xarakteri – majbur qiladi, ruxsat beradi yoki taqiqlaydi. 2. Normalarning mazmuni – bajarilishi majburiy bo’lgan, mumkin bo’lgan, man qilingan. 3. Normalarning qo’llanish shartlari. 4. Normalarning agenti yoki subyekti. Deontik mantiqning simvolik apparatida normalarning hamma strukturaviy elementlari ham o’z ifodasini topmaydi. Normaning mazmuni va xarakteri hisobga olingan sistemalar absolyut (mutlaq) yoki monadik deontik sistemalar deb ataladi. Ularda norma quyidagi ko’rinishda bo’ladi: ―A shart (ruxsat berilgan, taqiqlangan). A-ko’rsatilgan harakatni amalga oshirish haqidagi mulohaza. Mas. ―Talabalar darsga kechikmasliklari shart. ―Talabalarning darsda uyali aloqa vositalaridan foydalanishlari taqiqlanadi. Normalarning qo’llanish shartlari hisobga olingan sistemalar nisbiy yoki diadik deontik sistemalar deb ataladi. Ularda norma quyidagi ko’rinishga ega: ―V sharoitda A shart (ruxsat berilgan, taqiqlangan). Masalan, ―Oshqozon-ichak yarasi bilan og’rigan bemorlarga nordon va sho’r taom eyish mumkin emas. Demak, deontik mantiq mutlaq (monadik) va nisbiy (diadik) sistemalarga bo’linadi. Har ikki sistemada ham 109 normalarning agenti (subyekti) e‘tiborga olinmaydi, bu normalarni kim bajarishi ko’rsatilmaydi. Bu esa deontik mantiq paradokslarining kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Deontik mantiqda ―majbur, ―ruxsat berilgan, ―taqiqlangan tushunchalari o’zaro aniqlanadi. Deontik mantiqda quyidagilar asosiy qonun hisoblanadi: – Deontik ziddiyatsizlik qonuni (bir vaqtning o’zida harakatni bajarish va undan voz kyechish zaruriy bo’lolmaydi); – Deontik to’liqlik qonuni (har qanday harakat yo majburiy, yo mumkin, yo taqiqlangan bo’ladi); – zaruriyning mantiqiy natijasi ham zaruriydir; – agar harakat taqiqlangan natijaga olib kelsa, unda harakatning o’zi taqiqlangandir. Deontik mantiq qonunlari umumiy xarakterga ega. Grammatika va o’yin qoidalari, davlat qonunlari va buyruqlar, texnik reglamentlar, urfodatlar, axloq prinsiplari va b.larning normalari mohiyatiga ko’ra bir xil mantiqiy tuzilishga ega bo’lgani uchun, ularga deontik mantiq qonunlarini tatbiq etish mumkin.
Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling