Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya


Download 408.06 Kb.
bet2/18
Sana23.04.2023
Hajmi408.06 Kb.
#1385759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
atrabotka 4

Turbulent diffuziya. Diffuziyaning bu turi makrokinetika tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, modda makroskopik qismlarining harakati yordamida almashinadi. Turbulent diffuziyaning tezligi oqimning turbulentlik darajasiga, jarayonning gidrodinamik holatiga bog‘liq. Turbulent diffuziya uyurma diffuziya deb ham yuritiladi. Suyuqlikning uyurma harakati ta`sirida oqimda moddaning qo‘shimcha o‘tkazilishi yuz beradi.
Biror faza miqyosida turbulent diffuziya orqali tarqalgan, vaqt dt, moddaning massasi dMt yuza dF va kontsentratsiya gradienti dc/dn ga to‘g‘ri proportsionaldir va quyidagi tenglama bilan topiladi:
(6.12)
bu erda Dt – turbulent diffuziya yoki uyurma diffuziya koeffitsienti.
Turbulent diffuziya yo‘li bilan yuza birligidan vaqt birligi ichida o‘tgan moddaning solishtirma oqimi yoki turbulent diffuziyaning tezligi quyidagicha aniqlanadi:
(6.13)
Turbulent diffuziya koeffitsienti vaqt birligi ichida kontsentratsiya gradienti birga teng bo‘lganda, yuza birligidan turbulent diffuziya yo‘li bilan o‘tgan moddaning massasini bildiradi. Turbulent diffuziya koeffitsienti molekulyar diffuziya koeffitsienti kabi m2/s o‘lchov birligiga ega. ning D dan farqi shuki, uning qiymati jarayonning gidrodinamik shart - sharoitlariga bog‘liq. Bu erda gidrodinamik shart - sharoit oqimning tezligi va turbulentlik masshtabiga qarab aniqlanadi.
Konvektiv diffuziya. Harakatlanuvchi suyuqlik yoki gazlarda modda bir vaqtda molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida tarqaladi, bu jarayonlarning yig‘indisi konvektiv diffuziya deb ataladi.
Konvektiv diffuziya kontsentratsiya gradienti, muhitning tezligi va fizik xossalariga bog‘liq. Konvektiv diffuziya ikki xil bo‘ladi: tabiiy (yoki erkin) va majburiy. Kontsentratsiyalar yoki temperaturalar ta`sirida suyuqlik muhitining har xil qismlarida zichliklar farqi paydo bo‘ladi. Bu zichliklar farqi ta`sirida moddaning tarqalishi erkin konvektsiya deyiladi. Tashqi kuchlar (nasos, aralashtirgich va boshqalar) ta`sirida moddaning suyuq yoki gaz muhitlarida tarqalishi majburiy konvektsiya deb ataladi.
Agar tarqaluvchi modda Fu fazadan Fx fazaga o‘tadi deb olinsa, har bir fazada vaqt birligi ichida tarqalgan moddaning miqdori M modda berish jarayonining asosiy tenglamasi orqali topiladi:



Download 408.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling