Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya
Download 408.06 Kb.
|
atrabotka 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5. Modda o‘tkazish jarayonlarini ifodalovchi kriteriylar
6.4.2. Modda berish koeffitsenti
52 va 53 tenglamalardagi proportsionallik koeffitsientlari massa berish koeffitsentlari deyiladi. Fx fazasidagi βx va Fy fazasidagi βy massa berish koeffitsentlari harakatlantiruvchi kuch birga teng bo‘lganda, bir birlik vaqt davomida fazalar chegarasining bir birlik yuza sathidan faza markaziga (yoki qarshi yo‘nalishda) qancha modda miqdori o‘tishini ko‘rsatadi. Massa berish koeffitsienti fazaning fizikaviy xossalariga (zichlik, qovushqoqlik) va massa almashinish apparatlarining o‘lchamlari, konstruktsiyasiga, fazadagi gidrodinamik sharoitlarga (oqimning laminar yoki turbulent rejimlariga) bog‘liq bo‘ladi. 1) harakatlanuvchi kuch mol ulushlari farqi bilan aniqlanayotganda: (6.18) 2) harakatlanuvchi kuch tarqalayotgan komponentning nisbiy kontsentratsyalari farqi bilan aniqlanayotganda: (6.19) 3) harakatlanuvchi kuch partsial bosimlar farqi bilan aniqlanayotganda: (6.20) Mt va Mar – 1 kmol tarqatuvchi va fazaning o‘rtacha massasi, kg/kmol; ρ– fazaning zichligi, kg/m3; P- umumiy bosim, n/m2; R– universial gaz doimiysi, [8314 j/(kmol*grad)]; T– absolyut temperature, K. Massa berish koeffitsienti boshqa birlik sistemasiga quyidagicha o‘tkaziladi: m/sek*3600= m/soat sek/m*3,53 *108= kg/(m2*soat*at) sek/m*4,8 *105= kg/(m2*soat*mm.sim.ust.) kg/(m2*soat*mm.sim.ust.)*735= kg/( m2*soat*at) 6.5. Modda o‘tkazish jarayonlarini ifodalovchi kriteriylar Modda berish koeffitsienti β ning qiymatini aniq hisoblash uchun harakatlanuvchi muhitdagi konvektiv diffuziyaning differentsial tenglamasini gidrodinamikaning Nave — Stoks va oqimning uzluksizligi tenglamalari bilan birgalikda tegishlicha boshlang‘ich va chegara shartlari asosida integrallash lozim. Biroq bu tenglamalar sistemasi amaliy Jihatdan umumiy echimga ega emas. Shu sababli asosiy tenglamalar sistemasini echmasdan turib o‘xshashlik nazariyasining metodlari yordamida modda o‘tkazish Jarayonini ifodalovchi o‘zgaruvchan kattaliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hosil qilish mumkin. Bunday bog‘liqlikni ifodalovchi tenglamalar modda berishning umumiy yoki kriterial tenglamalari deb ataladi.O‘xshashlik nazariyasi usullari yordamida bir nechta diffuzion o‘xshashlik kriteriylari hosil qilingan. Bular Jumlasiga Nusselt (Nu’), Fure (Fo‘), Pekle (Re’), Prandtl (Rg‘) diffuzion o‘xshashlik kriteriylari kiradi:Download 408.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling