Modda va energiya almashinuvining umumiy tavsifi
Mitoxondriyaning tuzilishi
Download 21.56 Kb.
|
4modda
6. Mitoxondriyaning tuzilishi. Mitoxondriyalarda hujayra energiyasining asosiy qismi hosil bo’ladi. Shuning uchun mitoxondriyani hujayraning energetik stantsiyalari deb atashadi.
Mitoxondriyaning shakli ovalsimon shakldan tayoqcha yoki ipsimon shaklgacha turli xil ko’rinishlarda bo’ladi. Tekshirishlarning ko’rsatishicha, mitoxondriyalar qator bo’lib joylashgan holda mitoxondriyal to’rni hosil qiladi. Ular alohida organoid shaklida joylashmagan. Mitoxondriyalar 0,5x 3,0 nm o’lchamga ega bo’ladi. Ular ikki qavat – tashqi va ichki qavat membranalardan tashkil topgan bo’lib, suvli muhitga ega membrana oralig’i bilan ajratilgan. Tashqi membrananing yarmi oqsil va yarmi lipiddan tashkil topgan. Ichki membrananing esa ¾ qismi oqsillarga va ¼ qismi lipidlarga, asosan kardiolipinga to’g’ri keladi. Ichki membrana burmalar, ya’ni kristalar hosil qiladi. Kristalar orasidagi bo’shliq suvli faza matriks bilan to’lgan bo’ladi. Kristalarning matriksga qaragan ichki yuzasida elementar bo’lakchalar joylashgan. Gipotonik eritma, masalan, suvga mitoxondriya solib qo’yilganda tashqi membrana yoriladi va ichki membranali qopcha qoladi. Ichki membrana mustahkam va osmotik bosim ta’siriga uchramaydi. Buning uchun ichki membranani buzadigan maxsus kimyoviy detergentlar (triton X-100, tvin, digitonin va boshqalar) kerak bo’ladi. Shuningdek, membranani ultratovush bilan ham buzish mumkin. Mitoxondriyaning asosiy strukturalarini ajratib olish undagi fermentlarning joylashishi va biokimyoviy sikllarni o’rganish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g. 2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. 4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y. 4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004 5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g. 6. www.ziyonet.uz Download 21.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling