Модда ва материалларнинг ёниш портлаш хавфи. Курсаткичлар номенклатураси ва уларни аниклаш усуллари
Download 25.81 Kb.
|
Modda va materiallarning yong
Modda va materiallarning yong’in xavfi ГОСТ 12.1.044 "Модда ва материалларнинг ёниш портлаш хавфи. Курсаткичлар номенклатураси ва уларни аниклаш усуллари"ga muvofiq aniqlanadi. Yonuvchanlik guruhi - modda va materiallarning yonishga moyilligini (qobiliyatini) belgilovchi tavsifi. Yonish - progressiv o’z-o’zidan tezlashish sharoitlarida oqib o’tadigan ekzotermik reaksiyadir. Chaqnash harorati yopiq tigelda 61oC, ochiq tigelda 66oC dan katta bo’lmagan, flegmatizatsiya qilingan aralashmalari yopiq idishda chaqnashi mumkin bo’lmagan yonuvchi suyuqliklar yengil alangalanuvchi suyuqliklarga kiradi. Chaqnash harorati 28oC gacha bo’lgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar o’ta xavfli deb ataladi. Chaqnash harorati deb - maxsus sinov (tajriba) sharoitida kondensatsiyalangan moddaning yuzasidagi bug’lar yondirish manbaidan chaqnashga (alangalanishga) qodir bo’ladigan minimal haroratga aytiladi; bunda turg’un (barqaror) yonish kuzatilmaydi. Yong’in xavfi tushunchasi faqatgina moddalarning yonishga moyilligidan emas, balki ana shu modda (material, ob’yekt) joylashgan tashqi muhitning holatidan xam kelib chiqib belgilanadi. Yong’in xavfi nafaqat moddaning alangalanishi bilan, balki yonish jarayoni va yonish bilan birga kechadigan hodisalar (tutun, zaharlilik) jadalligi va nihoyat ushbu jarayonning to’xtash ehtimoliga ham qarab aniqlanadi. Yong’in xavfi darajasini baholash uchun mazkur jarayonlarning miqdoriy ko’rsatkichlari zarur. Ammo miqdoriy ko’rsatkichlarni aniqlashda ular barqaror bo’lmaganligi sababli ayrim muammolar yuzaga keladi. Ular yonuvchi moddaning tabiati, uning agregat holati, oksidlovchi va yonuvchan moddaning konsentratsiyasi, harorat, issiqlik ajralishi va issiqlik olib ketilishi shartlariga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Aksariyat hollarda yonish xususiyatlariga hal etuvchi ta’sirni asosan fizik jarayon va hodisalar o’tkazadi: issiqlik va massa uzatish jarayonlari, yonuvchan ob’yektlarning fazoviy joylashuvi va geometriyasi, aerodinamik shart-sharoitlar, yondirish manbai energiyasi va uning ta’sir vaqti. Sanab o’tilgan, alangalanish va yonish ko’rsatkichlariga ta’sir o’tkazadigan shart-sharoitlar yong’in xavfini baholashning ko’pgina uslublarining mavjudligiga sabab bo’ladi. Download 25.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling