Modda zichligini piknometr vositasida aniqlash
Download 60.68 Kb.
|
Modda zichligini piknometr vositasida aniqlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
MODDA ZICHLIGINI PIKNOMETR VOSITASIDA ANIQLASH Kerakli asbob va anjomlar: analitik tarozi, tarozi toshlari, piknometrlar, zichligi topiladigan suyuqliklar va qattiq jismlar, distillangan suv, uy haroratiidagi toza suv qo’yilgan idish, termometr, filtr qog’ozi. Ishning maqsadi: suyuq va qattiq jismlarning zichligini piknometr vositasida aniqlashni o’rganish. ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA Analitik tarozining tuzilishini va unda tortishni 2-ish tavsifidan o’qib o’rganing. Piknometr muayyan temperaturadagi hajmi sirtiga sm3 yoki mm3 larda yozib qo’yilgan, temperatura o’zgarishi bilan hajmi deyarli o’zgarmaydigan shishadan yasalgan, turli shakldagi idishlardir (3.1 rasm). 100sm3 3.1. rasm Har qanday piknometrning bo’ynida uning sirtida yozilgan hajmining chegarasini anglatuvchi chiziqcha bo’lib, tekshiriladigan modda shu chiziqqa qadar to’ldiriladi. Umuman har qanday hajmi va massasi aniq bo’lgan jismning zichligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin : = (1) Bu yerda - moddaning zichligi, m - massasi , V - hajmi. (1) dan ko’rinib turibdiki, zichlik hajm birligidagi massa ekan. Jismning massasi uning inersiya o’lchovi bo’lib, u Galileyning nisbiylik prinsipiga ko’ra inersial sistemalarda, ya’ni tezlanishsiz sistemalarda o’zgarmas kattalikdir. Shuning uchun jismning zichligi geografik kenglik va balandlik bo’yicha o’zgarmaydi. Ammo hajm birligidagi jism og’irligini xarakterlovchi solishtirma og’irlik esa geografik kenglik va balandlik bo’yicha o’zgaradi. Chunki jism og’irligini o’zi Yer sathidan balandlik ortgan sari kamayib boradi va shuningdek, ekvatorda boshqa, qutbda boshqa qiymatlarga ega bo’ladi. Buning sababi - Yerning geometrik shakli va uning o’z o’qi atrofida aylanishidir. Zichlik () va solishtirma og’irlik (D) orasidagi bog’lanishni keltirib chiqarish uchun (1) va P = mg munosabatlardan foydalanamiz. (1) dan m= V, shuningdek, P= Vg. U holda yuqoridagi tengliklardan DV = = mg yoki = Dg (2) ekanligi ma’lum bo’ladi. Jismning zichligini piknometr yordamida topishda (1) dan to’g’ridan - to’g’ri foydalanib bo’lmaydi. Chunki 2-ishda ko’rganimizdek, jismni analitik tarozida havoda tortganimizda bu jism og’irligining kamayishini hisobga olinmasa, hisoblangan natija izlanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Shuning uchun (1) ifodaga tuzatma kiritib izlanayotgan kattalik qiymatini tajribada aniqlashga imkon beradigan ishchi formulani keltirib chiqaramiz. 1-mashq. Suyuqlikning zichligini piknometr yordamida aniqlash. Aytaylik, bo’sh piknometrning massasi m va piknometrning toza suv bilan birgalikdagi massasi M bo’lsin, u holda piknometrdagi toza suvning massasi M - m ga teng bo’ladi. Temperaturani e’tiborga olmasak, toza suvning grammlar hisobidagi massasi o’sha toza suvning sm3 hisobidagi hajmiga teng bo’ladi. Shuning uchun piknometrning V ichki hajmi son jihatidan ga teng; demak, V = M-m. Shuningdek, tekshiriladigan suyuqlik to’g’risida ham yuqoridagidek fikr yuritib, bu suyuqlik uchun ham ushbu munosabatni hosil qilamiz: suyuqlik bilan piknometrning birgalikdagi massasi, V=M1 esa suyuqlikning massasi. Bu suyuqlikning zichligini deb belgilasak, yuqoridagi mulohazalardan foydalanib (1) ni quyidagicha yoz*amiz: = (3) Bu formula yordamida hisoblangan ning qiymati yana taqribiy bo’ladi. Endi jismlar havoda tortilganda ularning og’irligi kamayishini e’tiborga olib, muhokamani davom ettiramiz. Agar piknometrning ichki hajmi V, tajriba vaqtida bosim va temperaturaga mos keluvchi havoning zichligi , suvning zichligi deb olinsa, u holda V siqib chiqarilgan havoning massasi V esa piknometrdagi suyuqlikning haqiqiy massasi, V shu piknometrga quyib tortilgan toza suvning haqiqiy massasi bo’ladi. Suyuqlikni muvozanatlovchi tarozi toshlarining zichligini deb olsak, suyuqlikni (toza suvni) muvozanatlovchi tarozi toshlari siqib chiqargan havo massasi , ( ) yoki taqriban V bo’ladi. Endi toza suv bilan tarozi toshlari muvozanatda bo’lgani uchun Download 60.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling