Moddalardagi kimyoviy bog’lanishning xillari Reja
Download 66.75 Kb.
|
4-amaliy Moddalardagi kimyoviy bog’lanishning xillari Reja
VODOROD BOG’LANISH
Yuqorida ko’rib o’tilgan ion, kovalent, metall, donor-aktseptor kabi bog’lanishlar kimyoviy bog’lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog’lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog’lanish hili - vodorod bog’lanish hamda molekulalararo tortishish kuchlari (Vander-Vals kuchlari) ham mavjud. Orientatsion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi V,VI va VII guruh metallmaslarning vodorodli birikma (gidrid) larining qaynash haroratini o’rganish natijasida nazariya bilan tajriba orasida nomuvofiklik mavjudligi aniqlangan. Chunonchi NF, N2O va NH3 ning qaynash harorati kutilgandan yuqoriroq bo’lib chiqqan. N2O ning qaynash harorati N2S ning qaynash haroratidan pastroq bo’lishi kerak edi, chunki moddalarning qaynash harorati ularning molekulyar massasiga propotsionalligi juda ko’p hollarda kuzatiladi. Shuningdek, HF ning qaynash xarorati HCI nikidan, NH3 niki esa RN3 nikidan past bo’lishi lozim edi. Lekin tajriba buning teskarisini ko’rsatdi. Buning sababini vodorod bog’lanish nazariyasi bilan izohlash mumkin. Chunki vodorod bog’lanish borligi tufayli NF, H2O, NH3 moddalarining molekulalari o’zaro tortishib yiriklashgan, ya‘ni (HF) n , (H2O)n, (NH3)n holatida bo’ladi. Shunga ko’ra vodorod ftorid, suv va ammiakning qaynash harorati yuqoridir. Vodorod bog’lanishning asosiy mohiyati shundan iboratki, biror modda molekulasida ftor, kislorod, azot kabi elektrmanfiy elementlarning atomlari bilan birikkan bir valentli vodorod atomi yana boshqa ftor, kislorod va azot atomlari bilan kuchsiz bog’lanish xususiyatiga ega. Buni quyidagi misollardan oson tushunish mumkin. Masalan, NF da N atomi elektroni ftor atomi tomon siljigani tufayli u shartli ravishda musbat zaryadga ega bo’lib qoladi, ya‘ni vodorod ioni hosil bo’ladi deyish mumkin. Boshqa ftor yoki kislorod atomining juft elektronlari vodorod ionini o’ziga tortadi, natijada vodorod atomi ikki tomondan bog’lanib qoladi: N – F … H – F , umuman (HF)n,bu yerda n = 2, 3, 4, 5, 6 bo’lishi mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI. Kimyoviy bog’lanish qanday kattaliklar bilan tavsiflanadi? Erkin radikal, ion, molekula tushunchalariga ta‘rif bering. Kimyoviy bog’lanishni tushuntirishda qanday ikki kuchni e‘tiborga olish kerak? Kimyoviy bog’lanish haqida qanday nazariyalar mavjud? Kossel va Lyuis nazariyalarining farqi nimadan iborat? Ionlanish potentsiali, elektronga moyillik, elektrmanfiylik tushunchalariga ta‘rif bering. Kimyoviy bog’lanishturlari haqida gapirib bering. Kovalent va qutbli bog’lanish hamda ularning xossalari, valent bog’lar haqida nimalarni bilasiz? Ion bog’lanish qanday amalga oshadi? Misollar keltirib tushuntiring. Metall bog’lanish qanday amalga oshadi? U qaysi bog’lanishga o’xshash bo’ladi? Yakka, qo’sh va qarrali bog’lanishlar to’g’risida nimalarni bilasiz? Donor-aktseptor bog’lanish qanday amalga oshadi? Misollar keltirib tushuntiring. Qanday bog’lanishga dativ bog’lanish deyiladi? Qisqacha tushuncha bering. Delokallanish qanday amalga oshadi? Misol keltirib tushuntiring. 13. Vodorod bog’lanish qanday amalga oshadi? Misollar keltirib tushuntiring. Download 66.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling