Mavzu:Molekulyar fizika asoslari.
Reja:
1. Modda miqdori, molyar massa, Avogadro qonuni;
2. Izojarayonlar;
3. Ideal gazning holat tenglamasi, Bolsmann doimiysi, Mendeleev-Klapeyron tenglamasi,
berilgan temperaturadagi ideal gazning bosimi, Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy
tenglamasi;
4. Ideal gaz molekulalarining tezlik bo‘yicha taqsimotining Maksvell qonuni – o‘rtacha tezlik,
ehtimoli eng kata bo‘lgan tezlik va o‘rtacha kvadratik tezlik ifodalari;
5. Ideal gaz bitta molekulasi ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasi;
6. Potensial kuchlar ta’sirida gaz molekulalarining taqsimoti.
7. Xulosa;
8. Foydalangan adabiyotlar.
1 Modda miqdori, molyar massa, Avogadro qonuni
Moddalar ulkan miqdordagi molekulalardan tashkil topganligini, va o`z navbatida turli moddalar molekulalari massalarining teng emasligi ularni solishtirishda katta qiyinchiliklar tug’diradi. Aynan shu qiyinchilikni engish maqsadida tarkibida bir xil NA ta molekula bo`lgan modda miqdori tushunchasi kiritiladi. Modda miqdori-moddadagi molekulalar sonining 0,012 kg ugleroddagi molekulalar soni NA ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir. Modda miqdori ν harfi bilan belgilanadi. Uning SI dagi birligi [ν]q1 mol. Mol-0,012 kg uglerodda qancha molekulalar bo`lsa, shuncha molekulalari bo`lgan modda miqdoridir.
Yuqorida aniqlanganidek, istalgan moddaning 1 molida bir xil sondagi molekulalar mavjuddir. Bu songa Avogadro doimiysi deyiladi. Endi Avogadro doimiysi nimaga tengligini aniqlaylik. Buning uchun modda miqdori ta’rifidan foydalanamiz, ya’ni 0,012 kg uglerodda NA ta molekula bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |