Model va uning turlari Bizni qiziqtirayotgan va o’rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt


Download 98 Kb.
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi98 Kb.
#1265153
  1   2   3   4
Bog'liq
@idum uz Model va uning turlari - taqdimot

  • Informatika-9
  • 2-dars
  • Model va
  • uning turlari
  • Bizni qiziqtirayotgan va o’rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo’ladi. Bir turdagi o‘rganilayotgan obyektlar o‘zining xususiyatlari – tavsifiga ega bo’ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o’rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezligi (CPU), vinchester sig’imi, tezkor xotira (RAM) sig’imi, videoxotira sig’imi bo’lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium IV, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vinchester sig’imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig’imi 1 Gbayt, videoxotira sig’imi 512 Mbayt.
  • Agar o’rganilayotgan obyektlar sayyoralar bo’lsa:
  • Sayyoralar
  • tavsifi
  • Shakli
  • Og`irligi
  • Radiusi
  • Aylanish tezligi
  • Yer uchun
  • tavsif qiymati
  • Sharsimon
  • 59761021kg
  • 6378 km
  • 30 km/sek
  • Koptok nomli obyekt uchun:
  • Koptoklar tavsifi
  • Shakli
  • Og`irligi
  • Radiusi
  • Materiali
  • Sferasimon
  • 2,2 kg
  • 15 sm
  • Rezina
  • Ko‘p hollarda ma’lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma’nodagi nusxasi o‘rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma’lum bir sabablarga ko‘ra (chaqmoqning turg‘un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag‘ talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganishning ilojisi bo‘lmasa, ikkinchi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma’nodagi nusxasini o‘rganishning o’zi ham yetarli bo‘ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to’liq javob berishi kerak bo‘ladi.

  • Download 98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling