1–masala. Bosimi P, egallagan hajmi V va temperaturasi T bo‘lgan ideal gazning holatini ifodalovchi matematik model tuzing. Bu masalaning yechimini Klayperon formulasi beradi, ya’ni ideal gazning bosimi, hajmi va temperaturasi quyidagicha bog‘langan: Bu formula ideal gazning temperaturasining o‘zgarishi bosim yoki hajmning o‘zgarishiga sabab bo‘lishini yaqqol ifoda etadi. 2–masala. Gulning o‘sish jarayoni modelini tuzing. O’simliklarning yashashi va o’sishi uchun havo, yorug’lik, suv va ozuqa kerak bo’lishini botanika kursidan bilasiz. Ularning miqdori turli o’simliklar uchun turlichadir. Masalan, ba’zi gullar qorong’iroq va quruqroq sharoitda yxshi o’ssa, boshqalari yorug’lik va namlikni ko’proq talab etadi. Shuning uchun masalaning modeli quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi: bu yerda t – vaqt, T – havo temperaturasi, I – yorug‘lik miqdori, H – gul tanasidagi namlik miqdori, , , – temperatura, yorug‘lik, namlikka mos doimiy kattaliklar. Ko‘rib o‘tilgan masalalarning modellariga e’tibor berib, shuni aytish mumkinki, qaysi sohada bo‘lmasin, matematik modellashtirish uchun faqatgina matematikadan emas, balki shu sohalardan ham yetarli bilimga ega bo‘lish zarur ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |