Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar


Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar


Download 48.25 Kb.
bet6/6
Sana09.02.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1179683
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODELLASHTIRUVCHI DASTURLARDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko`rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq bo`lib, o`qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim vositalaridan rasional foydalanish ko`rsatkichlari, o`qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vosi­talardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vosi­tasi sifatida qo`llaniladi. Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta`minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo`ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo`lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline — uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, o`rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko`rish va masofali ta`lim tizimlariga integ­rallanishi mumkin bo`lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol senariylarni amalga oshirish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o`quv kursining murakkab interfaol senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni qo`llashni bilish shart emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. Ushbu dasturning xusu­siyati oson o`zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihalar­ning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlaridan ko`ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko`rinadi. Ulardan foydalanish mumkin va bu ham roliklarni lo­yihalash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Adobe Captivate— Mic­rosoft Windows va dasturiy ta`minotni namoyish etish, video-darslarni yozish, dastur simulyasiyasini yaratish, o`quv taqdimotlarni yara­tish va .swf formatda turli testlarni yaratish uchun qo`llanilishi mumkin bo`lgan Mac OS Xning 5 versiyalari uchun elektron ta`limda qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulya­siyalarini yaratish uchun Captivateda chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va klavishalarni bosish mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari mumkin. Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish, shuningdek, tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni, PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir. Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish imkoniyatli testlar yaratish.

XULOSA
Ta’lim jarayonida talabaning kasbiy hamda individual rivojlanishi jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv sifatida ixtisoslik fanlarini intellektual tizimlar asosida o’qitishning maqsadi, tarkibi va qo’llash texnologiyalarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muamolaridan biri hisoblanadi.


O’qitishning intellektual tizimi sun’iy intellekt metodlari va vositalarining avtomatlashtirilgan o’qitish sohasida qo’llanishining amaliy natijasi bo’lib, ta’lim tizimlarining yangi avlodi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida talabaning bilim ko’nikma va malakalarini shakllantirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish uchun, ixtisoslik fanlari o’qituvchisi uch asosiy tipdagi bilimlardan foydalanadi:
–o’qitilayotgan ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar;
–o’qitish metodlari to’g’risidagi bilimlar
–ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar.
O’qitishning an’anaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida bu bilimlarning ko’pgina qismlari tanlangan o’qitish metodikasiga mos ravishda o’quv fanining alohida bo’limlariga qat’iy ravishda kiritilgan. O’qitishning intellektual tizimida zarur bo’lgan bilimlar ajratib olinadi va sun’iy intellektning turli metodlari va texnologiyalaridan foydalangan holda ko’rsatiladi. O’qitishning intellektual tizimida o’quv materialini taqdim etishda, bu bilimlardan foydalanib va talabaning psixofiziologik va intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, eng samarali o’qitish metodlari, usullari va sur’atlarini, fanning mazmuni, hajmi va topshiriqlarning murakkablik darajasini aniqlash va tartibga solish mumkin bo’ladi.

Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi bilimlar bazasi, boshqarish tizimchasi, o’qitish tizimchasi va muloqot tizimchasidan iborat. Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimining asosi bo’lib bilimlar bazasi hisoblanadi. Har bir ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar bazasi o’z navbatida, o’zaro bog’langan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi va har biri o’qitilayotgan fanning ma’lum bir qismlarini tashkil etadi: «Atamalar va asosiy tushunchalar», «Nazariya», «Amaliylaboratoriya ishlari», «Mustaqil ishlar».



O’qitish metodlari haqidagi bilimlar «Topshiriqlar» ma’lumotlar bazasida yig’ilib boradi, bu bazada o’quv fanining barcha bo’limlari bo’yicha didaktik materiallar tasniflangan va tartibli tarzda, o’qitish metodlariga mos ravishda namoyon bo’ladi. Ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar «O’qitish natijalari» ma’lumotlar bazasida yig’iladi. Bunda har bir talabaning individual kartasi tuzilib, unda o’qitilayotgan fan bo’yicha talaba ega bo’lgan bilimlar darajasi va sifati haqida, uning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Bilimlar bazasini boshqarish tizimchasi yangi bilimlarni kiritish va to’plash uchun mo’ljallangan. Birinchi bosqich tizimni o’rganishdan iborat bo’ladi, ixtisoslik fani bo’yicha barcha bilimlar yangi hisoblanadi va bu bilimlarni yig’ish tizim va ekspert o’rtasidagi muloqot (dialog) jarayonida amalga oshiriladi. Keyingi bosqichlarda yangi bilimlarni izlash avtomatik tarzda amalga oshiriladi: barcha qabul qilinayotgan axborotlar mavjud bo’lgan axborotlar bilan solishtiriladi, mavjud bo’lgan bilimlarga tayangan holda yangi axborotlar saralanadi, tahlil qilinadi va ularning tasnifi bir yoki bir necha variantda taqdim etiladi. Masalan, biror buyumga ishlov berishning yangi usuli topilganda, uni bajarish yo’llari, kerak bo’ladigan asbob-uskunalar va moslamalar, foydalaniladigan materiallar, qo’llaniladigan sohalar haqidagi ma’lumotlar o’rganish uchun taqdim etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOLAR RO`YXATI
1. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ / Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2016. - 56 б. 12
2. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январ / Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.
3. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Мазкур китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг 2016 йил 1 ноябрдан 24 ноябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилари вакиллари билан ўтказилган сайловолди учрашувларида сўзлаган нутқлари ўрин олган. /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: : ―Ўзбекистон‖, 2017. – 488 б
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6- сон, 70-модда)
5. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. -46 б.
6. Симонович С., Евсеев Г, Алексеев А. Специальная информатика. Учебное пособие – М.: Ast-Press: Inforkom-Press, 1999 г. 16. Симонович С., Евсеев Г., Алексеев А. Windows. Учебное пособие – М.: AstPress: Inforkom-Press, 1999 г.
Internet sayt
1. www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rasmiy sayti.
2. www. ziyonet.uz – ZiyoNet axborot-ta‘lim portali.
3. www.edu.uz – O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi portali.
4. http://ictnews.uz - Ўзбекистонда ахборот технологиялари.
5. http://www.codenet.ru – Портал программистов Delphi.
6. https://ru.wikipedia.org/wiki/Adobe_Flash - Flash технология Материал из Википедии — свободной энциклопедии.
7. http://dehack.ru/szi_nsd/prog_tech-prog_szi/ - Информационная безопасность, защита информации.
8. https://htmlweb.ru - Web-технологии:HTML, DHTML, JavaScript, PHP, MySQL, XML+XLST, Ajax.
9. http://support.akipkro.ru – портал методической и технической поддержки внедрения информационных технологии.
Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling