Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar


Talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berish


Download 48.25 Kb.
bet3/6
Sana09.02.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1179683
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODELLASHTIRUVCHI DASTURLARDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR

Talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berish. Bugungi kunda AKT sohasi fanlarining о‘qitish jarayonida uni mazmunan va texnik jihatdan о‘zgaruvchanligini hisobga olib, amaliy va laboratoriya mashulotlari mazmunini yangilash, ularni о‘tkazish metodikasini takomillashtirish va mos pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish talab qilinmoqda.
AKT sohasi fanlarining о‘qituvchilari va о‘quvchilar bilan bо‘lgan suhbatlar ularning darslariga kirib qilingan tahlillar, olib borilgan tadqiqitlardan kompyuter va axborot texnologiyalaridan о‘quv jarayonida samarali foydalanish nuqtai nazaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, AKT sohasi fanlarining amaliy va laboratoriya mashulotlarini о‘qitishda qator muammolar mavjud. Bu muammolardan biri amaliy va laboratoriya mashulotlari uchun tо‘laqonli pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasi ishlab chiqilmaganligi va undan о‘quv jarayonida foydalanish metodikasining mavjud emasligidir.
Informatikadan metodik ta’minot, pedagogik dasturiy vosita, pedagogik dasturiy ta’minotlarning mazmunini loyihalash va yaratish, amaliy va laboratoriya mashulotlarining pedagogik, psixologik, uslubiy tomonlari xorijiy davlatlar, shuningdek, respublikamiz olimlari tomonidan о‘rganilib, bu sohada qator tadqiqotlar bajarilgan. О‘qitish metodlarini takomillashtirib borish, о‘qitishda PDVni yaratish va qо‘llash umumiy tan olingan jarayon hisoblanadi.
О‘qitishni pedagogik va psixologik tomondan rivojlantirish: О‘qitish metodlarini pedagogik va psixologik tomondan rivojlantirishda taniqli xorijiy olimlardan Y.K. Babanskiy, V.P.Bespalko, I.R.Visotskiy, M.Maxmutov, va boshqalar о‘zlarining ulkan hissalarini qо‘shganlar. Jumladan, L.S.Vigotskiy va S.L.Rubenshteynlar shaxsni rivojlantirishning psixologik asoslarini, P.Y.Galperin va N.F.Talizinalar aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini, Y.K.Babanskiy, I.Y.Lerner, M.N.Maxmutov va P.N.Pidkasistiylar ta’lim oluvchilarning mustaqil о‘rganishlarini tashkil qilishning didaktik va metodik asoslarini, respublikamizning taniqli olimlaridan U.N.Nishonaliyev, N.Saidahmedov, M.Ochilov va N.N.Azizxо‘jayeva va boshqalar dars samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarni qо‘llash masalalarini tadqiq etishgan.
Pedagog olim S.A.Arxangelskiyning fikricha, ta’lim mazmunini belgilashda, ta’lim muassasasida bо‘lajak mutaxassisning tayyorgarligida ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanib borishi va fan-texnikaning tezkor taraqqiyotini hisobga olish zarur. Kibernetika va texnika fanlarini mazmunan va metodik tomonlarini rivojlantirish bо‘yicha V.M.Glushkov, A.P.Yershov va V.Q.Qobulov, ta’limda axborot texnologiyalarini qо‘llash bо‘yicha S.S.ulomov, A.A.Abduqodirov, B.Sh.Radjabov va N.I.Taylaqov, о‘qitishda kompyuterlardan foydalanish metodikasi bо‘yicha A.P.Yershov, A.A.Abduqodirov, M.Aripov, M.P.Lapchik, YE.I.Mashbits, E.I.Kuznetsov, U.Yuldashev, R.R.Boqiyev va F.M.Zokirovalarning ishlarida kо‘rib chiqilgan.
Maxsus fanlardan elektron darsliklarni yaratish tamoyillarini texnologiyasi hamda ularni ekspertizadan о‘tkazish uslubiyati Q.T.Olimov tomonidan ishlab chiqilgan. О‘quv-tarbiya jarayonida masofali ta’limni qо‘llash, informatika va axborot texnologiyalari bо‘yicha YE.S.Polat, A.A.Abduqodirov, M.Aripov, R.H.Hamdamov, A..Hayitov va A.Sattorov va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borgan.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish va ta’limda qо‘llash bо‘yicha A..Hayitov, M.X.Lutfillayev, I.Isoqov, V.V.Grinshkun, R.X.Qodirov kabi olimlarning ishlarida kо‘rib chiqilgan, zamonaviy о‘qitish texnologiyalarini qо‘llash bо‘yicha V.P.Bespalko, R.H.Jо‘rayev, J..Yо‘ldoshev va boshqa olimlarning pedagogik ilmiy qarashlari, pedagogikada о‘qitish nazariyasi va amaliyoti borasida A.K.Munavvarov, A.Zunnunov, O.Hasanboyeva va boshqalarning oyalari, A.Gordeyev, V.R.Kosarev, I.V.Robert, K.A.Zayirov,
U.Y.Yuldashev kabi olimlarning kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotiga oid ilmiy izlanish olib borgan bо‘lsa, kasbiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etish kabi masalalar: YE.S.Polat, A.N.Aripov A. Sh.Ashirov, I.I.Zokirov, X.X.Tojiboyeva, U.A.Qosimov, , J.A.Hamidov, ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish muammolari bilan Sh.A.Tashxodjayev, A..Hayitov, K.A.Zoyirov va boshqalar shuullanishgan. “Informatika” fanidan topshiriqlarni bajarish va ularni tanlashning ba’zi jihatlari A.A.Abduqodirov, A.Y.Blox, A..Hayitov, M.M.Aripov, M.P.Lapchik, T.R.Azlarovlar tomonidan о‘rganilgan bо‘lsa, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish xususiyatlarini V.V.Anisimov va M.Mamarajabovlar tadqiq etganlar A.A.Kuznetsov, B.S.Gershunskiy, V.B.Popov, G.N.Aleksandrov, I.A.Baribina, I.V.Robert, Y.D.Babayevalar kompyuter texnologiyalaridan foydalanib о‘qitish jarayonini optimallashtirish masalalarini, A.A.Andreyev, V.P.Bespalko, N.I.Tayloqov, Y.O.Ovakimyan, U.Sh.Begimqulovlar esa о‘qituvchi va о‘quvchi orasida masofali muloqot qilishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish usullarini tadqiq qilganlar. о‘quv jarayonida imitatsion modellardan foydalanishni esa M.H.Lutfillayev tadqiqotlarida yoritib berilgan.
Yuqoridagi tadqiqotlarda AKT sohasi fanlarining о‘qitishning turli yо‘nalishlari о‘rganilgan bо‘lsa-da, aynan, PDV fanining amaliy va laboratoriya mashulotlarini bir tizimga tushirish, bu mashulotlarda pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasi va undan dars jarayonida samarali foydalanish metodikasi tо‘liq ishlab shiqilmaga.

Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling