Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar


Download 48.25 Kb.
bet5/6
Sana09.02.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1179683
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODELLASHTIRUVCHI DASTURLARDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR

Ensiklopediya
Ensiklopediya lotinchadan “dunyoni oʻrganish”, “inson bilimlari xazinasi” yoki “dunyo tartibotlarini bilish” maʼnolarini bildiradi. Coʻzlik shaklida u “ilmiy qomusiy qoʻllanma”, “fanlar va qoidalar sharhi”, keng maʼnoda esa “ilmiy maʼlumotlar toʻplami” demakdir. Deni Didroning fikricha, “ ensiklopediya maqsadi – dunyoga tarqalgan barcha bilimlarni toʻplash, odamlar tushunadigan tilda bir tizimga keltirish va keyingi zurriyodlariga bu oʻta foydali merosni eson-omon qoldirishdir”.
Maʼlumki, “ ensiklopediya” tushunchasi ilmiy taomilga XVIII asrda kiritilgan, bu borada ilk urinish taxminan miloddan avvalgi 350 yillarda amalga oshirilgan. Miloddan avvalgi 239 yilda “Janob Lyuning bahor va kuz kundaligi”ni tuzib tugallagan xitoylik Lyuy Buvey oʻziga qattiq ishonganidan: “kimki ushbu ensiklopediyaga birgina soʻz qoʻshsa yoki eʼtiroz bildirsa, unga bir kilogramm oltinni mukofotga beraman”, degan edi. Qadimgi davrlardagi ensiklopediyalar ichida “Katta Pliniyning Tabiiy tarixi” alohida ajralib turadi, milodning 77 yilida tayyorlangan bu kitob 2500 bob va 37 jildni tashkil etardi.
Oʻrta asrlarda qomus yaratish “musobaqasi”da baribir xitoyliklar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. 1403 yilda imperator Chju Di buyrugʻiga binoan, tuzib chiqilgan “Yunle ensiklopediyasi” hozirgi kungacha yaratilgan dunyodagi eng katta majmua hisoblanadi. Imperator kutubxonasidagi jamiki kitoblar, qoʻlyozmalarni, qonunlar, tarix, falsafa va badiiy asarlarni oʻziga jamlagan ensiklopediyani tuzishga 2 ming odam jalb etilgan edi.
Xitoyliklar yaratgan ulkan ensiklopediya 11 ming 95 jildni hammasi boʻlib 510 ming betni, 300 million iyeroglifni qamrab olgan edi. Hozirgi paytda, noyob bu maʼnaviy xazinaning 4 foizigina saqlangan, aslida shuning oʻzi ham 443 jildga tengdir! Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
  • o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;


  • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;


  • mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;


  • o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.




Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling