Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar


Pedagogik dasturiy vosita


Download 48.25 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1179683
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODELLASHTIRUVCHI DASTURLARDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR

Pedagogik dasturiy vosita- bu muayyan fan sohasi yoki mavzuni u yoki bu о‘qitish texnologiyasidan foydalanib, faoliyatni har xilda amalga oshirishda shart-sharoit yaratib beradigan dasturiy vositadir.
Pedagogik dasturiy vositalar–kompyuter texnologiyalari yordamida о‘quv jarayonini qо‘yilgan maqsadga erishish uchun qisman yoki tо‘liq avtomatlashtirishga mо‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga о‘quv fani bо‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qо‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni о‘rganishga ehtiyoj. Bizga ma’lumki, har bir kasb egasi о‘z mutaxassisligi bо‘yicha yetuk bilim, kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lishi lozim. Respublikamiz ta’lim tizimida yangi о‘qitish texnologiyalarining kirib kelishi о‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ulardan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni puxta о‘zlashtirishni talab etmoqda.
Hozirgi paytda о‘quv jarayonida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ayniqsa, kompyuterda ishlash bilan boliq amaliy va laboratoriya mashulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari va internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, vertual laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bо‘lgan pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasini va undan о‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishga asos bо‘lib xizmat qilmoqda(1-rasm).



1.1-rasm. Pedagogik dasturiy vositani tashkil etuvchilari.

Respublikamizda akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga pedagogik dasturiy vositalarni yaratishga berilayotgan alohida e’tibor, mazkur bosqich ta’lim muassasalari uchun Davlat ta’lim standartlari (DTS), о‘quv va uslubiy adabiyotlarni hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada yaratishni taqozo etadi.


Respublikamizda “Informatika” va AKT sohasi fanlarini о‘qitish metodikasining tajrabasi shu fanlardan о‘quvchilarga bilim, kо‘nikma berib, malakalarni shakllantirishda asosan amaliy ishni kompyuterda bajarish orqali erishish mumkinligini kо‘rsatmoqda. Akademik litseylar uchun tasdiqlangan «Tarmoq ta’lim standarti va chuqurlashtirilgan fanlar о‘quv dasturlari»dagi AKT sohasi fanlarining о‘quv dasturida о‘quv yuklamasining 42 foizini ma’ruza, 58 foizini amaliy va laboratoriya mashulotlari tashkil qilib, amaliy va laboratoriya mashulotlarini tashkil etish va о‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilganligini kо‘rsatadi.
Har bir mavzuni о‘tgandan sо‘ng shu mavzuni mustahkamlash maqsadida amaliy va laboratoriya mashulotlari о‘tkaziladi. Mazkur mavzular yuzasidan о‘rganilgan materiallarini chuqur va mustahkam о‘zlashtirish muhim bо‘lib, shu asosda о‘quv muammolarini axborot vositalari orqali hal qilishga qaratilgan bilim, kо‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Buning uchun har bir mavzuga mos amaliy topshiriqlar va laboratoriya mashulotlarini tanlash asosida kutiladigan natijalarga erishish mumkin.

Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling