Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja


Fizik muhitlarda ma’lumotlar formatlari


Download 471.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana08.06.2023
Hajmi471.52 Kb.
#1464859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizik

1.3. Fizik muhitlarda ma’lumotlar formatlari. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, fizik sath bit formatidagi ma’lumotlarni bir 
tugundan ikkinchisiga uzatish uchun mas’uldir. Yanada aniqroq tushunib olish 
uchun bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ma’lumotlarni uzatishda fizik 
sathning jarayonlarini ko‘rib chiqamiz. Foydalanuvchi kompyuter ekranidan 
tasvirni, matnni, vidioni, muziqani eshitishi yoki ko‘rishi mumkin. Barcha 
ma’lumotlar kompyuterda saqlangan bo‘ladi yoki real vaqtda foydalanuvchi 
serverdan ularni yuklab olib ko‘rishi yoki o‘qishi mumkin. Saqlangan ma’lumotlar 
kompyuter xotirasida ikkilik ko‘rinishda saqlanadi va MR4, MR3, JPEG, K4, Word, 
PDF kabi dasturiy ilovalardan foydalangan holda saqlangan ma’lumotlarni o‘qish 
yoki eshita olish mumkin. Ushbu dasturlar foydalanuvchilar uchun kompyuter 
xotirasida saqlangan ma’lumotlarni inson tushunishi mumkin bo‘lgan formatga 
moslashtirib beradi yoki teskari jarayonni amalga oshiradi.
Agar kompyuter xotirasida saqlangan ma’lumotlarni lokal tarmog‘idagi yoki 
tashqi 
tarmoqqa 
ulangan 
boshqa 
kompyuterga 
uzatatishda 
modulyator/demodulyatorlardan foydalanib amalga oshiriladi. Tasavvur qiling uyda 
Wi-Fi qurilmasiga bir vaqtning o‘zida ham kabel ham simsiz ko‘rinishda ikki 
qurilma ulagan bo‘lsin. Simsiz ulangan qurilma simsiz muhitlardan ma’lumotlarni 
uzatish uchun mos bo‘lgan standart modulyator/demodulyatorlardan foydalanib 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
o‘zida saqlan ma’lumotni ikkinchisiga uzatadi. Simli qurilma esa simli muhitlardan 
uzatish 
uchun 
moslab 
ishlab 
chiqilgan 
boshqa 
turdagi 
modulyator/demodulyatorlardan foydalangan holda ikkinchi tomonga o‘zida saqlan 
ma’lumotlarni uzatadi. Har ikkala holatda ham bir biridan farq qiluvchi ikki xil 
standartli modulyator/demodulyatorlar ishlatiladi. Agar Wi-Fi qurilmasi optik tolali 
kabellar orqali internetga ulangan bo‘lsa, va qabul qilib olgan bitli oqimlarni tashqi 
tarmoqqa uzatishi uchun 3 turdagi standart modulyator/demodulyatorlardan 
foydalanadi. Shunday qilib fizik sath bo‘ylab elektr, simsiz yoki optik signallarni 
uzatishda har safar muhit o‘zgarganida har safar modulyator/demodulyatorlardan 
foydalaniladi, 3-rasm. 
3-rasm. Signallarni modulyatsilash va demodulyatsiyalash 
Shunday qilib kompyuter xotirasida saqlangan ma’lumotlar boshqa bir 
kompyuterga uzatilganida va qabul qilinganida bir necha marta o‘zining formatini 
o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelar ekan. Muhitlar aro signalning formati har safar 
o‘zgartirilganida uning ma’nosi o‘zgarib ketmaydimi degan savol tug‘ilishi 
mumkin. Agar yo‘lovchi uyidan chiqib avtobus, metro va taksidan foydalanib ishga 
yetib borganida unda xech qanday o‘zgarish bo‘lmaganidek, uzatilayotgan 
ma’lumotlarga ham agar tizim to‘g‘ri ishlab tursa o‘zgarishlarsiz qabul qiluvchiga 
yetib borishi mumkin. Agar tizimda yoki uning elementlarida nosozliklar yuzaga 
kelgan holatlar bundan mustasno.



Download 471.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling